Jahon | 11:20 / 15.07.2023
4254
3 daqiqa o‘qiladi

Kuleba NATO sammiti haqida: Biz psixologik to‘siqni yengib o‘tdik

Foto: AP

TIV rahbari «Ukraina haqiqatan ham NATO a’zosi sifatida ko‘rilyapti», deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Kulebani bir jihat qanoatlantirmadi: sammit kommyunikesi matnida «Ukraina a’zolikka taklif qilini yoki keyinroq shartli ravishda taklif qilinishi haqida aniq so‘zlar yo‘q».

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Dmitriy Kuleba Shimoliy Atlantika alyansi sammitida «psixologik to‘siq» yengib o‘tildi va «Ukraina haqiqatan ham NATO a’zosi sifatida ko‘rilyapti», deb hisoblaydi. Tashqi siyosat idorasi rahbarining so‘zlari 14 iyul, juma kuni «Yevropa haqiqati» nashri tomonidan keltirilgan.

«Yopiq eshiklar ortida hamma juda bosiqlik bilan aytyapti: xavotir olmang, masala hal bo‘ldi, siz NATO a’zosi bo‘lasiz», - deya ma’lum qildi Kuleba. 

Sammit natijalaridan qoniqdingizmi, degan savolga vazir: «Umuman olganda, ha», deb javob berdi. «Meni faqat bir jihat qanoatlantirmadi: sammit kommyunikesi matnida Ukraina a’zolikka taklif qilingani yoki keyinroq shartli ravishda taklif qilinishi haqida aniq so‘zlar yo‘q», — dedi TIV rahbari. 

Vilnyusda bo‘lib o‘tgan sammitda Kiyevning NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasi talablariga rioya qilish zaruratini olib tashlashga qaror qilindi. Shu bilan birga, ittifoqchilar Ukrainani «shartlar bajarilganda» taklif qilishini ochiq-oydin bildirgan. Biroq sammitda Kiyev bajarishi kerak bo‘lgan shartlar ro‘yxati oshkor etilmagan, deb eslatadi «Yevropa haqiqati». 

NATOga a’zo bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasi ochiq eshiklar siyosatining amaliy ifodasi hisoblanib, beshta yo‘nalish – siyosiy va iqtisodiy sohalar, mudofaa jihatlari, resurs masalalari, xavfsizlik va qonunchilik bo‘yicha aniq qadamlarni o‘z ichiga oladi.

Ukraina alyans a’zosi bo‘lmagan holda, 2020 yil iyun oyidan beri NATO bilan hamkorlikning alohida maqomiga ega - kengaytirilgan imkoniyatlar taqdim etilgan davlat.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevning 2022 yil 30 sentabrda tezlashtirilgan rejimda NATO a’zoligiga ariza berish qarorini e’lon qildi. 

Mavzuga oid