Buxoroda 22 tup qarag‘ay noqonuniy kesilgani aniqlandi
Tabiatga 144,3 million so‘mlik ziyon yetkazilgan.
Buxoro shahrida 22 tup qarag‘ay noqonuniy kesilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 1 oktyabr kuni Buxoro shahrining Bahouddin Naqshband ko‘chasida «Bukhara G.C.» MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan qimmatbaho 22 tup qarag‘ay noqonuniy kesilib, tabiatga 144,3 million so‘mlik ziyon yetkazilgan.
Biroq, mazkur qilmish Buxoro viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi mansabdor shaxslari tomonidan yengilroq jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirilgan. Shuningdek, noqonuniy kesilgan daraxtlarni olib qo‘yish o‘rniga huquqbuzarlarning o‘ziga topshirib korxona tomonidan shaxsiy manfaatlarda ishlatib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan. Bundan tashqari, jamiyatga yangi daraxt ekib berish majburiyati yuklanmagan.
Fuqarolarning xabariga asosan ushbu qo‘pol qonunbuzilish holati fosh etildi. 2023 yil 12 iyul kuni Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi ustidan nazorat o‘rnatildi.
Tahlillarga ko‘ra, 2017–2021 yillarda Buxoro shahrida amalga oshirilgan intensiv qurilish ishlari davomida shaharning markaziy qismi yashillik darajasi 37 foizga qisqargan bo‘lib, ushbu hududdagi nazorat qiluvchi davlat idoralari mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan o‘z xizmat vazifalari su’iistemol qilinishi atrof-muhitga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘layotgan omillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
13:45 / 09.10.2024
Buxoroda bolalar o‘limiga sababchi bo‘lgan avtobus haydovchisiga hukm o‘qildi
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
07:50 / 21.09.2024