O‘zbekiston | 21:11 / 17.07.2023
6797
2 daqiqa o‘qiladi

Eron O‘zbekistonga Abu Ali Ibn Sinoga oid 45 jild kitobni taqdim qildi 

Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston ishchi guruhi Eronda izlanish olib bormoqda. 

Foto: dunyo.info

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Abu Ali Ibn Sino ilmiy merosini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi Eronga bordi. 

Ilmiy safar davomida ekspeditsiya a’zolari Eron milliy kutubxonasi va davlat arxivida bo‘ldi, shuningdek, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Madaniyat institutida «O‘zbekiston–Eron» I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi. 

Delegatsiya a’zolari Eron milliy kutubxonasida saqlanayotgan barcha kitob va qo‘lyozmalar, jumladan, Ibn Sino, xorazmiy va temuriylarga oid manbalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Uchrashuv yakunida Eron tomoni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kutubxonasi va Ibn Sino jamoat fondi uchun Abu Ali Ibn Sinoga oid 45 jilddan iborat Eronda saqlanayotgan kitoblar va 20 jilddan iborat Iroqda saqlanayotgan kitoblar to‘plamini taqdim qildi. 

«O‘zbekiston-Eron» I xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida Abu Ali Ibn Sino hayoti va uning jahon fani taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi borasida o‘zaro fikr almashildi. 

Mavzuga oid