Iqtisodiyot | 10:23 / 17.07.2023
28789
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston olmasi asosan Qozog‘iston bozoriga eksport qilinmoqda

O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 1,8 mln AQSh dollarlik olma eksport qilgan.

Foto: East-fruit

2023 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 7 ta davlatga qiymati 1,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,4 ming tonna olma eksport qilgan. 

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, olma eksporti 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 702 tonnaga kamaygan.

2023 yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olma eksport qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilyapti – 2,5 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

Rossiya – 764 tonna;
Turkmaniston – 649 tonna;
Qirg‘iziston – 444 tonna;
Tojikiston – 125 tonna.

Mavzuga oid