Jahon | 14:53 / 17.07.2023
14067
5 daqiqa o‘qiladi

Vuhledar uchun janglar urush boshidan buyon olib borilmoqda. Ammo shaharda hamon odamlar yashamoqda

Ukrainada urushning 508-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya g‘alla kelishuvi doirasida Qora dengiz bo‘ylab harakatlanishiga ruxsat bergan Ukrainaning so‘nggi kemasi Odessa portidan suzib ketdi. G‘alla kelishuvi muddati 17 iyul kuni yakunlandi, Rossiya uni uzaytirishga rozi bo‘lmadi.
  • 2022 yil sentabrida asirlar almashinuvi doirasida Rossiya asirligidan ozod etilgach, bir necha oy Turkiyada nazoratda qolgan va shu oy Ukrainaga qaytgan «Azov» polki komandiri Denis Prokopenko shaxsiy tarkib bilan uchrashdi. Yaqin vaqtlar ichida u xizmat vazifalarini bajarishga qaytishi kerak, hozircha esa tiklanish jarayonini o‘tamoqda.
  • Anneksiya qilingan Sevastopol gubernator Mixail Razvojayev 16 iyul kuni tongda dronlar orqali «yoppasiga va davomli» hujumlar amalga oshirilganini ma’lum qildi. Barcha dronlar urib tushirilgani, jabrlanganlar yo‘qligi aytilgan.
  • Vladimir Putin agar Ukraina qurolli kuchlari kassetali o‘q-dorilarni qo‘llasa, Rossiya qo‘shini ham shunday javob qaytarishini ma’lum qildi. Bunday turdagi qurollar AQShdan Ukrainaga yuborilgan navbatdagi harbiy yordam paketidan o‘rin olgan. Volodimir Zelenskiy bu o‘q-dorilar faqat mamlakatning bosib olingan hududlaridagi harbiy nishonlarga nisbatan qo‘llanishini va’da qilgan va «Rossiya ulardan doimiy ravishda foydalanishi»ni qayd etgan. RF mudofaa vazirligi esa buni rad etadi.

Vuhledardagi hayot

Vuhledar — okkupatsiya ostidagi Donetskdan 50 kilometr janubi-g‘arbdagi shahar. Vuhledar atrofida janglar Rossiya bosqinining ilk kunlaridayoq boshlangan. 2023 yil yanvarida RF armiyasi shaharning janubiy-sharqiy qismidagi dala hovlilar hududida mustahkam o‘rnashib olgandi, ammo bu hujum vaqtida katta yo‘qotishlarga uchralgandi. Fevral oyida esa Rossiya Vuhledar yaqinida, ukrainlar ta’biri bilan aytganda «tanklar ishtirokidagi yirik jang»ni yutqazgandi. Shunga qaramay, Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutishda davom etmoqda: so‘nggi zarbani ular 15 iyul kuni yo‘llashgan, hech kim jabrlanmagan.

Keng ko‘lamli bosqin boshlanguniga qadar Vuhledarda 15 ming atrofida odam yashagan — hozirda shaharda tinch aholi vakillaridan yuzga yaqin kishi qolgan. Amalda barcha binolar shikastlangan yoki vayron bo‘lgan, shaharda elektr va ichimlik suvi ta’minoti yo‘q.

Ukraina QK 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi harbiysi Vuhledarning markaziy ko‘chalaridan birida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Vuhledarda qolgan tinch aholi vakillari insonparvarlik yordami qabul qilib olmoqda
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan ko‘p kvartirali uy tepasida ko‘tarilgan tutun
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi maktab kutubxonasida
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Vuhledarda yashovchi Valentina ko‘p kvartirali uy yerto‘lasida, u otishmalar vaqtida jon saqlash uchun shu yerga ko‘chib o‘tgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Vuhledar o‘qqa tutilishi chog‘ida halok bo‘lgan mahalliy aholi vakili qabri
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Vuhledar yaqinidagi ukrain jangchilari 

Ukraina QK 72-brigadasi jangchilari Vuhledar atrofidagi pozitsiyasiga yo‘l olmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik harbiylar o‘lja qilib olingan artilleriya qurilmasini tuzatmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Lviv oblastida o‘q otishni o‘rganayotgan o‘smirlar 

Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid