Jahon | 08:12 / 19.07.2023
4519
1 daqiqa o‘qiladi

Politico: YeI Ukraina qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 mlrd yevro ajratmoqchi

Yevropa Ittifoqi keyingi to‘rt yil ichida Ukraina harbiylarini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 milliard yevrogacha mablag‘ni o‘z ichiga olgan jamg‘arma yaratmoqchi, deb yozadi Politico Bryussel rejasi bilan tanish bo‘lgan besh diplomatga tayanib. 

Foto: SERGEI SUPINSKY/AFP VIA GETTY IMAGES

Ularning so‘zlariga ko‘ra, taklif Kiyev uchun qurol-yarog‘ga butun Yevropa Ittifoqi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘lovlarni nazarda tutmaydi. 

Mablag‘lar alohida davlatlar tomonidan Kiyevga o‘q-dorilar, raketalar va tanklar sotib olish va beg‘araz topshirish uchun ishlatiladi, shuningdek, ukrainalik harbiy xizmatchilarni tayyorlashga imkon beradi, deya ta’kidladi Politico suhbatdoshlari. 

Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi shu kabi maqsadlar uchun 4 milliard yevro ajratgan. 

Mavzuga oid