O‘zbekiston | 13:21 / 19.07.2023
8408
1 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohur va Chilonzorda 3600dan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi

Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Bugun, 19 iyul kuni soat 12:40da Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi «Ayni» podstansiyasida nosozlik yuzaga kelgan.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlaridagi 3600dan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Mavzuga oid