Jamiyat | 15:52 / 20.07.2023
16971
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Bolgariya bo‘yicha yo‘lko‘rsatkich: 2023 yil yoz mavsumining yangi yo‘nalishi haqida siz bilishni xohlagan ma’lumotlar

Foto: Asialuxe Travel

2023 yil yoz mavsumi turoperator va turistik agentliklar tomonidan taklif qilinayotgan davlatlar va kurortlarga boy bo‘lmoqda.

Turkiya, Tailand, Maldiv, Misr, Yevropa va boshqa davlatlar bilan bir qatorda, turistik maydonda Bolgariya ham paydo bo‘ldi.

Bolgariya mustaqillikka qadar vatandoshlarimizning sevimli yo‘nalishi bo‘lgan. Axir bu yerda ajoyib dam olish uchun barchasi bor: chiroyli tabiat, Qora dengiz, ko‘plab ekskursiyalar, hamyonbop narxlar, til to‘siqlari yo‘q.

Asialuxe Travel milliy turoperatori shu yozda chiroyli Bolgariyaga tashrif buyurishni taklif qilmoqda hamda Toshkent – Burgas – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yilayotgani sharofati bilan ushbu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lko‘rsatkich taqdim etmoqda.

Plyajlar

 

Bolgariyaga tashrif buyurish uchun asosiy sabablardan biri – bu hayratlanarli plyajlardir. Qora dengiz qirg‘oqlari quyoshli vanna, cho‘milish va suv sport turlari bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan kilometrlab oltin qum va shaffof suv bilan maqtana oladi. Eng yaxshi plyajlarning ayrimlari «Quyoshli sohil», «Oltin qum» va «Albena» kurortlarini o‘z ichiga oladi.

Viza masalasi

Viza olib, Bolgariyada yozgi ta’tildan zavqlanish uchun xorijga chiqish pasporti va rasm, bolalar uchun esa tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma kifoya. Boshqa hech qanday hujjatlar talab qilinmaydi. Turistik agentliklar viza bo‘yicha barcha ishlarni o‘z zimmasiga oladi.

Qachon borgan ma’qul

 

Bolgariyada yozgi dam olishning asosiy afzalliklaridan biri iyun oyidan avgust oyiga qadar davom etadigan iliq va quyoshli ob-havo hisoblanadi. Plyajda dam olish uchun aynan ushbu vaqtni tanlagan ma’qul. Qishki mavsumda esa bu yerda tog‘-chang‘i kurortlari aktual bo‘ladi.

Qaysi kurortni tanlash kerak?

Ushbu davlatning hajmi bitta safarda bir nechta hududlarga borish va ushbu mehmondo‘st manzilga keyingi tashrifgacha yetadigan taassurotlarni olish imkonini beradi. Shahar hayotidan charchaganlar va maksimal darajada sokin dam olishni xohlayotganlar uchun nomlari o‘ziga jalb qiladigan bir qator taniqli kurortlar bor: «Quyoshli sohil», «Oltin qum», «Pomoriye», «Nesebr», «Dyuni» va boshqalar.

Mehmonxonalar

Bolgariya istalgan budjet va xohishlarga mos keladigan 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalarning keng tanlovini taklif qiladi. Bugungi kunda kurortlar qo‘shimcha xarajatlar haqida o‘ylamasdan dam olishni istaydigan oilalar va juftliklar uchun taniqli variant bo‘lgan all inclusive tizimini ham taklif qilishmoqda.

Tavsiya qilinadigan mehmonxonalar:

• NIMFA - RUSALKA 2* – 822 dollardan boshlab

• ORPHEY 4* – 842 dollardan boshlab

• GALEON RESIDENCE & SPA 5* – 1047 dollardan boshlab

• RIVA 3* – 1075 dollardan boshlab

• COLOSSEUM 4* – 1094 dollardan boshlab

• MARVEL 4* – 1221 dollardan boshlab

• DELFIN 3* –1146 dollardan boshlab

• DAS CLUB HOTEL SUNNY BEACH 4* – 1291 dollardan boshlab

• MOONLIGHT 5* – 1294 dollardan boshlab

• SOL MARINA PALACE 4* – 1374 dollardan boshlab

• PLANETA HOTEL & AQUA PARK 5* – 1543 dollardan boshlab

• SECRETS RESORT AND HOTEL 5* – 1686 dollardan boshlab

Bolalar bilan dam olish qulaymi?

Ko‘plab mehmonxonalar bolali oilalar uchun akvapark, minigolf maydoni va bolalar klublari kabi sharoitlar va ko‘ngilochar tadbirlarni taklif qiladi. Shu tariqa har bir sayyoh Bolgariyada oilaviy dam olish ham kattalar, ham bolalar uchun qiziqarli va qulay bo‘lishiga ishonchi komil bo‘lishi mumkin.

Bolgariyada sog‘lomlashtiruvchi dam olish

Mamlakat termal va mineral suvlar, loy bilan davolash manbalari yonida qurilgan sog‘lomlashtiruvchi kurortlari bilan ham maqtanishi mumkin. Bolgariya sanatoriylarining Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlaridagi o‘xshash kurortlarga nisbatan muhim afzalligi – bu hamyonbop narxlar va yumshoq iqlimdir.

Ko‘ngilochar mashg‘ulotlar

Faol dam olishni ma’qul ko‘radiganlar uchun Bolgariyada piyoda sayr, tog‘ velosipedlarida uchish, otda yurish va paraplanerizmning ko‘plab variantlari mavjud. Rila va Pirin tog‘lari esa o‘zining chiroyli so‘qmoqlari va hayratlanarli manzaralari, shuningdek, Seven Rila Lakes ko‘li va Rila Monastery monastiriga tashrif buyurish imkoniyati bilan mashhur.

Narxlar

Qimmat bo‘lmagan yozgi dam olish variantlari yoki «barchasi kiritilgan» tizimga ega hamyonbop narxlardagi kurortlarni izlayotganlar uchun Bolgariya ajoyib tanlov bo‘ladi. Tabiatning hayratlanarli go‘zalligi, boy madaniy meros va ko‘plab diqqatga sazovor joylar Bolgariyani hamyonbop va unutilmas dam olish uchun ideal joyga aylantiradi. Aynan hamyonbop narxlar va taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati bugunoq O‘zbekistondagi istalgan turistik agentliklarining birida Bolgariyaga 9,7 mln so‘mdan boshlanadigan narxda kompleks tur band qilish uchun asosiy sabablardan biri hisoblanadi.

Qanday yetib olish mumkin?

Asialuxe Travel milliy turoperatori iyul oyining oxirida Toshkent – Burgas – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Qulay parvoz bor-yo‘g‘i 4,5 soat davom etadi.

Kompleks turistik to‘plam, narxlar va parvoz shartlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniya saytida yoki operatorlar yordamida quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

(+998) 71-211-22-22

(+998) 71-201-77-77

Turistik to‘plamlarni maksimal darajada qulay band qilish uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel'ning mobil ilovasini yuklab olishingiz mumkin.

Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz!

Veb-sayt: asialuxe.uz

Telegram kanali: https://t.me/Asialuxe

Telegramda qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Facebook: asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid