Markaziy Osiyo davlatlari deputatlari oylik maoshi taqqoslandi
O‘zbekiston deputatlari maoshi eng kam bo‘lib chiqdi.
Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston deputatlari eng ko‘p, O‘zbekiston deputatlari eng kam maosh oladi. Bu haqda Asia-Plus tadqiqotidan ma’lum bo‘lmoqda.
Qayd qilinishicha, Qozog‘iston deputatlarining maoshi 2050 AQSh dollariga teng (23,8 mln so‘m). Undan keyingi o‘rinlarda Tojikiston deputatlari – 688 dollar (8 mln so‘m) va Qirg‘iziston deputatlari – 500 dollar (5,8 mln so‘m). O‘zbekiston deputatlari 380 dollar (4,4 mln so‘m) maosh bilan so‘nggi o‘rinda qayd etilgan. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar keltirilmagan.
Deputatlar maoshi eng kam ish haqi bilan ham taqqoslangan. Qirg‘iziston deputatlarining maoshi mamlakatda qabul qilingan eng kam ish haqidan 30 barobar yuqori ekani qayd etilgan. Qozog‘istonlik deputatlarniki 25 barobar, tojikistonlik deputatlarniki 12,5 barobar yuqori.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 ming so‘m ekani inobatga olinsa, deputatlarning maoshi undan qariyb 4,5 barobar yuqori ekani oydinlashadi.
Manba keltirgan qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, Belarus deputatlari 950 dollar (11 mln so‘m), Buyuk Britaniya deputatlari 5950 dollar (69 mln so‘m), Rossiya deputatlari 6850 dollar (79 mln so‘m), Yevroparlament deputatlari 7500 dollar (87 mln so‘m) maosh oladi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024