Jahon | 15:40 / 20.07.2023
21715
7 daqiqa o‘qiladi

Qrim harbiy poligonida portlash va Odessa portiga hujum oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 511-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF qo‘shinlari Ukraina bo‘ylab yoppasiga zarba yo‘lladi. O‘ndan ortiq kishi jabrlangan.
  • Qrimda o‘q-dori omborida yong‘in chiqdi, to‘rt posyolka aholisi evakuatsiya qilindi.
  • Putin Rossiyaning barcha shartlari bajarilgudek bo‘lsa, g‘alla kelishuvi tiklanishi mumkinligini aytdi.
  • RF mudofaa vazirligining ogohlantirishicha, 20 iyuldan boshlab Qora dengiz bo‘ylab Ukraina portlariga qatnaydigan barcha kemalarga harbiy yuk tashuvchilar sifatida qaraladi.
  • Ijtimoiy tarmoqda Prigojinning Belarusdagi yollanma jangchilarga murojaati videosi paydo bo‘ldi — bu uning «Vagner» XHK isyonidan beri ilk videosi bo‘ldi. Unda Prigojin yollanma jangchilar «maxsus harbiy amaliyot hududiga qaytishi mumkinligi»ni istisno etmagan.
  • Putin JARdagi BRIKS sammitiga bormaydigan bo‘ldi, u yerda nazariy jihatdan uni xalqaro order bo‘yicha hibsga olishlari mumkin edi.
  • «Vajnyye istorii» nashri «Vagner» XHK o‘z saflariga yollangan sobiq mahbuslarning barchasini uylariga qo‘yib yuborishga qaror qilganini aniqladi.

Kun kadri. Qrimdagi poligonda portlash

Anneksiya qilingan Qrimning Kirov rayonidagi poligonda 19 iyulga o‘tar kechasi yong‘in boshlandi. Mahalliy ma’muriyat rahbari Sergey Aksenov yong‘in sababini ma’lum qilmagan va bu huquq-tartibot organlari tomonidan aniqlanishini bildirgan.

«Krymskiy veter» telegram-kanali mahalliy aholiga tayanib yozishicha, omborga uch bor «zarba» kelgan. «Krymskiy kanal» xabariga ko‘ra, poligonga oltita dron hujum qilgan. «Dva mayora» kanali esa omborga ukrainlarning «Grom-2» kompleksi bilan hujum qilingan bo‘lishi mumkinligini yozdi«Rybar» va Grey Zone zarba uzoq masofaga harakatlanuvchi Storm Shadow raketalari bilan yo‘llanganini taxmin qilgan.

Region rasmiylari poligon atrofida joylashgan Privetnoye, Ayvazovskoye, Abrikosovka va Krinichki aholi yashash manzillari aholisini vaqtincha evakuatsiya qilgan. Aksenovning so‘zlariga ko‘ra, jami ikki mingdan ortiq kishi xavfsiz joyga ko‘chirilishi rejalashtirilgan. 

Qrimdagi harbiy poligonda ro‘y bergan yong‘in vaqtida o‘q-dorilar portlashi
Viktor Korotayev / Kommersant / SIPA USA / Vida Press

Rossiyaning Ukraina shaharlari bo‘ylab zarbalari

19 iyulga o‘tar kechasi Ukrainada keng ko‘lamli havo trevogasi e’lon qilindi. Rossiya kuchlari Odessa, Kiyev, Xerson, Jitomir va Dnipropetrovsk oblastlariga, shuningdek boshqa regionlarga hujum uyushtirdi.

Odessada hujum oqibatida bir qancha binolar shikastlangan. Kiyev shahri ma’muriyati xabariga ko‘ra, poytaxtga qarab kelgan barcha dronlar urib tushirilgan. Xersonda kamikadze dronlar hujumi tufayli madaniyat uyi yonib ketgan, ikki qavatli turar joy binosi shikastlangan, 89 yoshli ayol yaralangan, deb xabar bergan UNIAN oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudinga tayanib. Jitomir oblasti rasmiylariga ko‘ra, dron infratuzilma obekti va bir qancha uylarga zarar yetkazgan. Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati ham dron urib tushirilgani haqida xabar bergan, jabrlanuvchilar va vayrongarchiliklar yo‘qligi qayd etilgan.

Mikolyiv oblasti Koblevo qishlog‘iga raketa zarbasidan keyin dam olish bazasida chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar
Ukraina FVDX / Reuters / Scanpix / LETA
Odessada yonayotgan omborxona oldidagi o‘t o‘chiruvchi
Ukraina prezidenti matbuot xizmati / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev uzra ko‘tarilgan tutun
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Odessa chekkasida rossiyaliklar zarbasi oqibatlari
Reuters / Scanpix / LETA
Odessa oblasti dengiz portida g‘alla terminalining rossiyaliklar zarbasidan keyingi ko‘rinishi
Ukraina infratuzilmalar vazirligi / Reuters / Scanpix / LETA

Front bo‘yidagi Limanda yashayotgan o‘smirlar

Liman Donetsk oblastining Kramatorskdan taxminan 40 kilometr shimoli-sharqdagi shahar. Bu yerda yirik temiryo‘l tuguni joylashgan, shuningdek Shimoliy Don daryosi orqali o‘tuvchi ko‘priklarga ulangan. 2022 yil 28 may kuni Rossiya Liman egallanganini xabar qilgandi, 30 sentabr kuni esa ushbu shahar anneksiya qilingan «DXR» tarkibiga kiritildi. Ammo Ukraina qurolli kuchlari keyingi kuniyoq uni ozod etishadi. Liman Ukraina nazoratiga qaytarilgach, Rossiya qo‘shini shaharni o‘qqa tutishda davom etdi. 

2022 yil ma’lumotlariga ko‘ra, Liman aholisi 20 ming kishini tashkil etgan. Urush boshlangach, odamlar shaharni yoppasiga tark eta boshlagan. Limanda qolgan o‘smirlar hayotini tasvirga olgan fotograflarga ko‘ra, keng ko‘lamli urush boshlanguniga qadar Limandagi maktablarning sinflarida 20 nafardan ortiq o‘quvchilar bo‘lgan — hozir esa ularning soni bir necha nafargina.

13 yoshli Dima va Denis Limandagi ko‘chalardan birida. Hozirda ularning sinfida uch bola qolgan
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Limandagi ko‘chaning kassetali bomba tushishidan keyingi manzarasi
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Shahardagi yana bir vayron bo‘lgan bino
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
13 yoshli o‘smir vayron bo‘lgan maktab binosida
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid