«Otalar o‘z farzandini dafn qilmasligi kerak» – Nyu-York meri o‘zbekistonlik yigitning janozasida qatnashdi
O‘zbekistonlik muhojirlarning AQShda otib o‘ldirilgan 15 yoshli o‘g‘li Faridun Mavlonovning janozasiga Nyu-York shahri meri Erik Adams ham tashrif buyurib, marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qildi.
«U juda xotirjam, tinchliksevar bola edi. U Amerika chempioni bo‘lish va Amerika bayrog‘ini O‘zbekistonga namoyish qilishni xohlagandi. Biz doim u bilan faxrlanardik», degan uning buvisi Umara Kamolova.
Kamolova shuningdek, mer va politsiyadan shaharda bu kabi fojialarning oldini olishni so‘ragan.
Nyu-York shahri meri Erik Adams ham masjidga kelib, yigitning janozasida qatnashgan hamda marhumning yaqinlariga ta’ziya izhor qilgan.
Adams qotilliklarni to‘xtatish uchun ko‘chalar o‘qotar qurollardan tozalanishi kerakligini ta’kidlagan.
«Ko‘chalarimizda juda ko‘p qurol bor, yoshlarimiz orasida zo‘ravonlik ham juda ko‘p. Shaharda g‘azab va zo‘ravonlikni saqlaydigan yoshlar bor. Bu juda og‘riqli. Biz bu og‘riqli lahzani qabul qilishimiz va o‘z hayotimizni bolalarni qutqarish uchun bag‘ishlashimiz shart.
Yoshlar qo‘rqinchli darajada yoshlarni o‘ldirmoqda. Otalar hech qachon o‘g‘lini dafn qilmasligi kerak. Farzandlarimizni yo‘qotish butun shahrimiz va butun mamlakatimiz uchun ayblovdir. Biz buni o‘zgartirishimiz kerak, biz juda va juda ko‘p narsani yo‘qotmoqdamiz», – deya Nyu-York shahri meri Erik Adamsning so‘zlarini keltirmoqda mahalliy matbuot.
17 iyul kuni AQShning Nyu-York shahrida o‘zbekistonlik muhojirlarning 15 yoshli o‘g‘li Faridun Mavlonov halok bo‘ldi. Yigitni 17 yoshli o‘smir otib o‘ldirgani aytilmoqda, politsiya qotilni hali qo‘lga ololgani yo‘q.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024