Xalqaro moliya institutlari bilan 2,3 mlrd dollarlik qarz bitimlari imzolandi
Joriy yil yanvar-iyun oylarida jami 7,4 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Joriy yil I yarim yilligida xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan 17 ta loyiha doirasida umumiy qiymati 2,3 mlrd dollarlik qarz bitimlari imzolandi. Bu haqda Strategik rivojlanish va tahlil departamenti bo‘lim boshlig‘i Dadaxon Jumaniyozov ma’lum qildi.
U Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatining 2023 yil birinchi yarim yillik natijalari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yil yanvar-iyun oylarida jami 7,4 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning 2,9 mlrd dollari tarmoq hamda 4 mlrd dollari hududiy loyihalar hisobidan amalga oshirildi.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida qiymati 1,6 mlrd dollarlik 2 706ta loyihalarni ishga tushirish orqali 41 548ta yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan bo‘lib, amalda qiymati 2,9 mlrd dollarlik 4 523ta loyihalar ishga tushirildi va natijada 73 654ta (32 029ta ko‘p) yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Mavzuga oid
09:07 / 23.08.2024
Yerlarni qishloq xo‘jaligida qayta foydalanishga kiritish uchun qarzlar ajratiladi
08:40 / 02.08.2024
Ukraina tashqi qarzlar bo‘yicha to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi
15:12 / 29.07.2024
Germaniyaning davlat qarzi 2445 milliard yevrolik ko‘rsatkichga yetdi
08:11 / 26.06.2024