O‘zbekiston | 08:36 / 23.07.2023
11810
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyatidagi mahallalarning birida uy yonib ketdi

Foto: Videodan kadr

Andijon viloyati  Oltinko‘l tumanidagi mahallalarning birida uy yonib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 22 iyul kuni soat 22:10 da Oltinko‘l tumani “Oqtepa” MFY Qo‘shqayrag‘och ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 22:16 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:21 da o‘rab olingan va soat 22:56 da o‘chirilgan.

Natijada uyning 95 kv/m maydonda tomi, shifti va uy-ro‘zg‘or buyumlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 150 kv/m maydoni saqlab qolingan. Hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid