O‘zbekiston | 07:35 / 24.07.2023
2811
1 daqiqa o‘qiladi

Misr tomonidan taqdim etilgan gepatitga qarshi dorilarning 11-turkumi O‘zbekistonga yuborildi

Ushbu dori vositalari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Foto: Dunyo AA

Misrdan O‘zbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilayotgan gepatit S virusi qarshi dori vositalarining navbatdagi turkumi mamlakatga yuborildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ushbu insonparvarlik ko‘magining navbatdagi o‘n birinchi turkumini Sharm-al-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi. Ushbu dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Misr gepatit V va S viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan.

Mavzuga oid