O‘zbekiston | 23:00 / 25.07.2023
11450
1 daqiqa o‘qiladi

Chet elda qiyin ahvolda qolgan 523 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi – TIV 

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil birinchi yarim yillik davridagi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berdi. 

Qayd qilinishicha, shu davr ichida 107 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosiga konsullik xizmati ko‘rsatilgan. 3 mingga yaqin fuqaroga chet elda ish bilan ta’minlanishga ko‘mak berilgan. 10 mingdan ortiq fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatilgan. 

Chet elda qiyin vaziyatlarda qolgan, jumladan, odam savdosi qurboni bo‘lgan yoki ishsiz, boquvchisiz qolgan va boshqa murakkab ahvoldagi 523 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan, 113 nafari vaqtincha saqlash muassasalaridan olib chiqilgan. 

Pasporti ish beruvchilar tomonidan noqonuniy tarzda olib qo‘yilgan 133 nafar fuqaroga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar olib berilgan. 

O‘tgan olti oy mobaynida 60 mingdan ortiq chet el fuqarosiga O‘zbekistonga kirish vizasi berilgan, shundan 32 mingdan ortig‘i elektron tarzda rasmiylashtirilgan. 

Mavzuga oid