O‘zbekiston | 19:23 / 25.07.2023
10493
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qizamiq bilan kasallanganlar aniqlandi

Ular xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgani aytilmoqda. 

O‘zbekistonda 164 bemorda qizamiq kasalligi aniqlandi. Bu haqda Sanepidqo‘mitaga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2023 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, qizamiq kasalligiga shubha qilingan 306 nafar bemorning qon namunalari virusologik laboratoriyaga yuborilgan. Ulardan 164 nafarida qizamiq aniqlangan.

Qizamiq bilan kasallanish holatlari asosan xorijdan kelgan qizamiq bilan kasallanganlar bilan aloqada bo‘lgan fuqarolar orasida aniqlanmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozirda O‘zbekistonda qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida. Qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlar epidemiologik ko‘rsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olinmoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra emlashdan bosh tortganlar hisobiga, 2023 yilda dunyoda va Yevropa mintaqasida qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat keskinlashdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada 23070, Serbiyada 4954, Fransiyada 2576, Gretsiyada 2476, Italiyada 2020, Rossiyada 1396, Gruziyada 1128, Afg‘onistonda 2105, Tojikistonda 300 dan ortiq, Qozog‘istonda 169 bemorda qizamiq aniqlangan.

Mavzuga oid