Ukraina o‘tgan yili Qrim ko‘prigini portlatganini yana bir bor tan oldi
8 oktabr kuni ko‘prik Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan vayron qilingan.
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Vasiliy Malyuk 2022 yilda Qrim ko‘prigining portlatilishini tashkil etishda o‘z idorasi ishtirok etganini tan oldi. Bu haqda u «Yedini novini» milliy marafoni efirida gapirib berdi.
Malyuk so‘zlariga ko‘ra, UXX juda ko‘p operatsiyalarni amalga oshiradi, ularning ba’zilari haqida gapirish mumkin va boshqalari haqida mumkin emas. Gapirish mumkin bo‘lganlardan biri sifatida u Qrim ko‘prigi portlatilishi operatsiyasini tilga oldi va «Biz bo‘lmasak, ko‘priklarni kim yoqib yuboradi?» yozuvi bo‘lgan futbolkani namoyish etdi.
«O‘tgan yilning 8 oktyabrida Qrim ko‘prigining vayron qilinishi biz uchun yutuq bo‘ldi», dedi Malyuk.
9 iyul kuni Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ham bu operatsiyani aynan Ukraina amalga oshirganini tan olgan edi. U 500 kunlik urush natijalarini sarhisob qilar ekan, Ukraina tomoni «ruslarning logistikasini buzish uchun Qrim ko‘prigiga birinchi zarbani berganini» alohida ta’kidladi.
Qrim ko‘prigi birinchi marta 2022 yil 8 oktyabrda portlatildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan yuk mashinasi ko‘prikda portlatib yuborilgan deb hisoblamoqda. 20 oktabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z mamlakatining voqeaga aloqadorligini rad etgan edi.
2023 yil 17 iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigida navbatdagi portlash sodir bo‘ldi, oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi, bir bola jarohat oldi, yo‘l qismi ham shikastlandi. Rossiya Tergov qo‘mitasi «terrorchilik akti» (Rossiya Jinoyat kodeksining 205-moddasi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
UXX vakili Artyom Dextyarenko Qrim ko‘prigidagi portlashning «tashkil etilishi bo‘yicha tafsilotlar» Ukraina g‘alabasidan keyin ma’lum qilinishini aytdi.
Mavzuga oid
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024