«Toshkentdagi chang inson salomatligi uchun zararli emasligi aniqlandi» – «O‘zgidromet» raisi o‘rinbosari
Toshkentdagi chang bo‘ronlari qayerdan kirib kelayotgani va uning tarkibi bo‘yicha mas’ullardan izoh so‘raldi.
27 iyul kuni Ekologiya vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbir davomida Kun.uz muxbiri Toshkent shahri havosi iflos shaharlar ro‘yxatida doimiy yetakchilardan bo‘lib kelayotgani va chang manbasi haqida mas’ullardan izoh so‘radi. Savolga «O‘zgidromet» xizmati agentligi direktori o‘rinbosari Feruz Safarov javob berdi.
“Toshkentda havo ifloslanishi bo‘yicha Gidrometeorologiya xizmatining 14 ta kuzatuv punktlari mavjud. Shulardan ikkitasi jahon talablari asosida avtomatlashtirilgan va ularning ma’lumoti real vaqt davomida uzatib borilyapti.
Bizda Toshkentda havo sifati darajasi 50 yildan buyon o‘rganib kelinmoqda. Chang bo‘ronlari bu avvalo sanoatning rivojlanishi, qurilishlarning rivojlanishi, avtomobillarning ko‘payishi oqibati. Bularni bartaraf etish bo‘yicha prezidentimiz farmoni bilan hududlarning sanoatlashganidan kelib chiqib, kichik avtomatik datchiklar o‘rnatilmoqda.
Bu farmonda atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlanmalarning manbayini aniqlash va ularga qarshi kurash masalalari ham o‘rin olgan.
E’tibor bersangiz, bizda havoning ifloslanish darajasi doimo yuqori emas. Siz olayotgan ma’lumotlar vakolatli davlat organlari ma’lumotidan olinmagan. Buni biz bir necha marta aytib kelyapmiz. Biz hozir AQSh elchixonasi ma’lumotlarini o‘zimizning ma’lumotlar bilan birlashtirib, solishtirib ko‘ryapmiz. Ularda chiqayotgan ma’lumotlar o‘rtacha, inson salomatligiga jiddiy ta’sir qiladigan ko‘rsatkich emas”, – dedi Feruz Safarov.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
13:54 / 19.12.2024