Toyota O‘zbekiston bozoriga avtomobillarining yangi modelini taqdim etmoqchi
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Yaponiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Toyota Motor Corporation kompaniyasining Sharqiy Osiyo, Okeaniya va Yaqin Sharq mintaqasidagi bosh ijrochi direktori Akitoshi Takemura bilan uchrashdi.
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida yapon tomoniga mamlakatda xorijlik tadbirkorlarning muvaffaqiyatli biznes yuritishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi.
Tomonlar O‘zbekiston bozorida Toyota brendi ostidagi avtomobillarga bo‘lgan yuqori qiziqishni hisobga olgan holda o‘zaro hamkorlikning istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashdi.
Kompaniya bosh ijrochi direktori Akitoshi Takemura yaqin kelajakda O‘zbekiston avtobozoriga Toyota avtomobillarining yangi modeli taqdim etilishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
16:21 / 03.09.2024
Onix Qozog‘istonda O‘zbekistondagi chegirmali narxidan ham arzon sotilyapti
16:41 / 31.08.2024
Rolls va Roysning nomi berilgan brend – qo‘lda yig‘iladigan qimmatbaho avtomobil tarixi
19:50 / 20.08.2024
BMW AQShda 720 mingdan ortiq avtomobilini chaqirib oladi
14:51 / 20.08.2024