Yaponiya O‘zbekiston bilan «yashil» iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlaydi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Tokioga tashrifi doirasida Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri Yasutoshi Nishimura bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida Yasutoshi Nishimura davlat rahbarini yaqinda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Vazir O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining harakatlantiruvchi kuchi ekanligini ta’kidlab, Yaponiya hukumati kadrlar tayyorlash, sanoatni rivojlantirish hamda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash niyatida ekanini bildirdi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston hukumatining keyingi 7 yillik rivojlanish dasturi mamlakat boshlagan islohotlariga sodiq ekanini tasdiqlashi ta’kidlandi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar “yashil” transformatsiya, barqaror rivojlanish, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olish muhim ekanini tasdiqladi.
Mavzuga oid
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
12:00 / 16.09.2024
76-«Emmi» marosimi Yaponiyaning triumfi bilan tugadi
21:22 / 12.09.2024
Toyota Prius yoqilg‘i sarfi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
11:35 / 11.09.2024