Jahon | 14:59 / 30.07.2023
21632
8 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofiga kelgan Zelenskiy va frontdagi rossiyalik vertolyotchilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 521-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Dniproni o‘qqa tutdi. To‘qqiz kishi jarohat olgan.
  • Rostov oblastining Taganrog shahri markazida ham portlash ro‘y berib, 22 kishi jarohat olgan. RF mudofaa vazirligi Ukrainani shaharga raketa zarbasi berishda aybladi. Tergov qo‘mitasi «terakt» bo‘yicha jinoiy ish ochgan.
  • Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy «Vagner» XHKning Belarusga kelgan yuzdan ortiq jangarisi Suvalkskiy koridori tomonga o‘tib joylashganini ma’lum qildi. U buni «Polsha hududiga kelgusida gibrid hujum uyushtirish uchun tashlangan qadam» deb baholadi.
  • Vladimir Putin 2022 yil bahorida Moskvadan «shunday qilish so‘ralgani» uchun Rossiya qo‘shini Kiyev oblastidan chekinganini aytdi. Buni aynan kim va nima uchun so‘raganini — RF prezidenti izohlamadi.
  • Financial Times nashri ukrain qo‘shini rossiyaliklarning pozitsiyalarini Shimoliy Koreya ishlab chiqargan o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutgani haqida yozdi. Ukraina QK bu o‘q-dorilarni qanday qo‘lga kiritgani aniq emas.
  • Ukrain harbiylari Qrim va Xerson oblastining RF tomonidan ishg‘ol qilingan qismini bog‘lovchi Chongar bo‘g‘ozi orqali o‘tgan ko‘prikka muvaffaqiyatli zarba berilganini xabar qildi. Ukrainaning bu regioniga Moskva tomonidan tayinlangan ma’muriyat, Ukraina QK Qrimdagi temiryo‘l tarmog‘iga raketalar yo‘llagani va ular «urib tushirilgani»ni ma’lum qilgan. Ukrain nashrlari Chongar ko‘prigi atrofida tirbandliklar yuzaga kelgani haqida yozgan.
  • Vladimir Putin yana bir bor Rossiya muzokaralardan bosh tortmasligini aytdi. U Afrika mamlakatlarining tinchlik bo‘yicha tashabbusiga shunday munosabat bildirdi.
  • Wall Street Journal nashri diplomatik manbalarga tayangan holda 5–6 avgust kunlari Saudiya Arabistonida Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishini yozdi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Jiddadagi sammitda Ukrainadan tashqari G‘arb va rivojlanayotgan davlatlar vakillari ishtirok etadi. Xabarda aytilishicha, Rossiya bu sammitga taklif etilganlar orasida yo‘q.

Zaporijjya bo‘ylab zarba

29 iyul kuni kechqurun Rossiya qo‘shini Zaporijjyani o‘qqa tutdi. Mahalliy aholi raketa ochiq joyga tushganini xabar qilgan — portlash to‘lqini ko‘p qavatli bino derazalarini to‘kib tashlagan hamda ta’lim muassasasi binosi va supermarketga zarar yetkazgan. Tinch aholi vakillaridan ikki kishi halok bo‘lgan.

Zaporijjya aholisi vakili rossiyaliklar raketasi qulagan joyda hosil bo‘lgan o‘ra atrofida
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya 29 iyul kuni o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan ayol jasadi yonidagi politsiyachilar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Dniroga zarba oqibatlari

Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko 28 iyul kuni Rossiya qo‘shini Dniprodagi ko‘p qavatli turar joy binosi va Ukraina xavfsizlik xizmati binosiga zarba berganini xabar qildi.

29 iyul tongida Dnipropetrovsk oblasti rahbari Sergey Lisak qidiruv-qutqaruv amaliyotlari yakunlangani, o‘qqa tutish oqibatida to‘qqiz kishi, jumladan ikki bola yaralanganini aytdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida ma’muriy bino (katta ehtimol bilan UXX binosi), ikkita ko‘p qavatli uy, uchta ikki qavatli turar joy binolari, uchta ma’muriy qurilmalar va yettita avtomobil shikastlangan.

Dnipro shahri meri Boris Filatov rossiyalik harbiylar zarbasi kelib tushgan UXX binosi hamda unga yondosh joylashgan turar joy binosi bo‘sh bo‘lgani, bu binolar hali ekspluatatsiyaga topshirilmaganini ma’lum qilgan.

Zarba kelib tushgan joyda ishlayotgan ukrain o‘t o‘chiruvchilari
Vitalii Matokha / AFP / Scanpix / LETA
Arsen Dzodzaieva / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastining Bogorodichne qishlog‘idagi vayrongarchiliklar

Donetsk oblastining Xarkiv oblasti bilan chegara yaqinida joylashgan Bogorodichne qishlog‘i 14 marta ukrain harbiylaridan rossiyaliklarga o‘tgan va shuncha marta qaytarib olingan. 2022 yil sentabrida Ukraina QK qarshi hujum davomida Bogorodichneni yana bir bor ozod etadi. Keng ko‘lamli urushga qadar qishloqda 800 nafar atrofida aholi yashagan — ularning qariyb bari 2022 yil bahorida evakuatsiya qilingan, hozirga kelib ularning ayrimlari o‘z uylariga qaytgan, ammo qishloqda ichimlik suvi va elektr ta’minoti yo‘q.

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / Getty Images
Bogorodichneda yashovchi 64 yoshli Anatoliy Smik vayron bo‘lgan uyini tiklamoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / Getty Images
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / Getty Images
Shimoliy Don orqali o‘tgan ko‘prik xarobalari
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / Getty Images
Bogorodichne aholisi insonparvarlik yordami olib keladigan ko‘ngillilarni kutmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / Getty Images

Zelenskiy oldingi chiziqdagi maxsus topshiriqli bo‘linma shtabida

29 iyul, Maxsus amaliyotlar kunida Volodimir Zelenskiy ukrain spetsnazining Baxmut yaqinidagi pozitsiyasiga keldi va jangchilarni mukofotladi. «Ozodligimiz va barchamiz, farzandlarimiz hayoti, davlatimizning buguni va kelajagi uchun 520 kundan buyon davom etayotgan og‘ir urushdan keyin ham baribir kuchli bo‘lib qolayotganingiz uchun sizga rahmat», — deya yozgan Zelenskiy o‘z tvitterida. (Fotosuratdagi jangchilar yuzi Ukraina prezidenti ofisi qarori bilan bo‘yab qo‘yilgan)
Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Nyu-York posyolkasi uchun janglar

Donetsk oblastidagi Nyu-York posyolkasiga Yekaterina II tomonidan taklif etilgan mennonitlar (Niderlandiyada XVI asrda yuzaga kelgan protestantlar oqimi) asos solgan. Posyolka nomi 1951 yilda, sovuq urush davrida Novgorodske deb o‘zgartirilgan, ammo 2021 yilda rasmiylar unga tarixiy nomini qaytarishga qaror qilishgan.

Nyu-York front bo‘yidagi, rossiyalik harbiylar 2014 yildayoq ishg‘ol qilgan Horlivka shahridan taxminan 30 kilometr masofada joylashgan. Posyolka Ukraina qurolli kuchlari nazoratida qolmoqda — va muntazam ravishda RF armiyasi tomonidan o‘qqa tutiladi.

Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Periskop (boshpanadan turib atrofni kuzatish uchun optik pribor) tutgan ukrainalik harbiy
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Rossiyalik vertolyotchilar jangovar parvoz avvalida 

Ka-52 «Alligator» rusumli razvedkachi-zarbdor vertolyot. Bu va quyidagi boshqa fotosuratlar aynan qayerda olingani aniq emas
Ka-52 «Alligator» vertolyotining «Mayak» chaqiruv belgisiga ega komandiri
Ka-52 «Alligator» vertolyotining raketa uchirish qurilmasi
Oldingi chiziqdagi Ka-52 «Alligator» vertolyoti

Mavzuga oid