O‘rtoqlik o‘yini. «Man Siti» «Atletiko»ga yutqazdi, «Liverpul» «Lester»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Yevropa klublari mavsum oldi o‘rtoqlik uchrashuvlarini davom ettirmoqda.
«Liverpul» Singapurdagi turne doirasida «Lester»ga qarshi saf tortdi. Uchrashuvda Nunes, Klark, Jota va Doukning gollari Yurgen Klopp shogirdlariga yirik hisobli g‘alabani taqdim etdi – 4:0.
«Manchester Siti» esa Osiyodagi turnesi doirasida «Atletiko»ga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Janubiy Koreya poytaxti Seulda o‘tgan bahsda Gvardiola shogirdlari Simeone murabbiyligidagi Madrid klubiga yutqazib qo‘ydi – 1:2. Depay va Karraskoning goliga manchesterliklardan Diash bitta gol bilan javob qaytardi.
Manchester City 1-2 Atlético Madrid friendly match all goals 🎬🍿#MCIATM #ManCity #مانشستر_سيتي pic.twitter.com/CdXeA7KdUj
— AlAudhli العوذلي (@alaudhli) July 30, 2023
O‘rtoqlik o‘yinlari. 30 iyul
Liverpul – Lester 4:0
Gollar: 1:0 – 30 Nunes, 2:0 – 35 Klark, 3:0 – 38 Diogu Jota, 4:0 – 64 Douk.
Liverpul – Kelleher (Alisson, 61), Aleksander-Arnold (Gomes, 46), van Deyk (Kuansa, 46; Frauendorf, 86), Konate (Matip, 46), Roberson (Tsimikas, 46), Mak Allister (Soboslai, 46; Skanlon, 80), Jons (Elliott, 46), Klark (McConnell, 46), Saloh (Douk, 46), Diogu Jota (Dias, 46), Nunes (Gakpo, 46).
Lester – Hermansen, Kastan (Jastin, 72), Vestergor, Doyl, Rikardu Pereyra, Ndidi, Uinks (Chouduri, 76), Dyuzberi-Holl, Olbrayton (Marsal, 60), Makatir, Daka (Iheanacho, 72).
Manchester Siti – Atletiko 1:2
Gollar: 0:1 – 66 Depay, 0:2 – 74 Karrasko, 1:2 – 85 Ruben Diash.
Manchester Siti – Ederson (Ortega, 46), Uoker (Joau Kanselu, 55), Stounz (Akanji, 55), Ruben Diash, Laport (Serxio Gomes, 55), Grilish (Lyuis, 55), Bernardu Silva (Kovachich, 55), Rodri (Fillips, 55), Foden (Bobb, 55), Holand (Makati, 55), Alvares.
Atletiko – Oblak (Grbich, 46), Aspilikueta (Rikelme, 61), Ermoso (Kostis, 61), Suyunchi, Vitsel (Mourino, 61), Koke (Barrios, 61), De Paul (Liorente, 61), Lemar (Saul, 61), Lino (Karrasko, 61), Grizmann (Depay, 61), Morata (Korrea, 61).
Mavzuga oid
10:20 / 04.09.2024
Rafa Benites - «Istanbul mo‘jizasi», Alonsoning «Arsenal»ga transferi barbod bo‘lishi va «Real»da ishlay olmagani sababi haqida
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
13:10 / 21.05.2024
«Vest Bromvich mo‘jizasi». Yurgen Klopp faoliyatiga nazar
15:02 / 20.05.2024