Sport | 22:09 / 03.08.2023
24728
2 daqiqa o‘qiladi

Arab chempionlari kubogi. Ronaldu «An-Nasr»ni chorakfinalga olib chiqdi, Mane debyutini o‘tkazdi

Arab chempionlari kubogi 3-turi doirasida Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi Misrning «Zamalek» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Getty Images

«Qirol Fahd» stadionidagi uchrashuvda Qohira klubi Zizoning 53-daqiqadagi goli evaziga hisobda oldinga chiqqach, «An-Nasr» klubi turnirni tark etishga yaqin edi. Ammo 87-daqiqada Krishtianu Ronaldu katta sahnaga chiqib, bosh bilan yo‘llagan zarbasi evaziga hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Shu tariqa, Ar-Riyod klubi ushbu durang evaziga S guruhida 5 ochko bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, chorakfinalga yo‘llanma oldi. «Zamalek» 4 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi, «Ash-Shabob» esa 7 ochko bilan 1-o‘rinni egallab pley-offga chiqdi.

Arab chempionlari kubogi. 3-tur
«Zamalek» Misr – «An-Nasr» Saudiya Arabistoni – 1:1
Gollar: 1:0 – Zizo (53, penalti), 1:1 – Ronaldu (87).
«An-Nasr»: Al-Aqidi, Al-G‘anam, Lajami, Madu (Al-Amri, 46), Telles (Konan, 64), Brozovich, Fofana (Al-Hasan, 92), Aleva (Sadio Mane, 46), G‘arib (As-Sulayhim, 64), Taliska, Ronaldu.

Mavzuga oid