Mirishkor tumaniga yangi hokim tasdiqlandi
Tumanning oldingi hokimi Sherali Sanayev iyul oyida prezident vidoyeselektorida ishdan olingandi.
Bugun, 3 avgust kuni xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Fayzulla Qurbonovich G‘ulomovni Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Fayzulla G‘ulomov 1974 yilda Mirishkor tumanida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mirishkor tumaniga 2020 yil oktyabridan buyon rahbarlik qilib kelgan Sherali Sanayev 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida ishdan olingandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024