Dunay bo‘yiga hujum oqibatlari va Lvivdagi harbiy asirlar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 526-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni Ukrainada 8500 dan oshiq desantchi jarohat olganini aytib qo‘ydi. Ko‘p o‘tmay uning bayonoti RF mudofaa vazirligi telekanali saytidan g‘oyib bo‘lib qoldi.
- Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi Qrim ko‘prigida ro‘y bergan ikki portlashda ham ukrain maxsus xizmatlari «ishtirok etgani»ni ma’lum qildi. «Biz bu haqda birinchi safar ham, ikkinchi safar ham aytgandik. Bizda shunday ma’lumot bor edi. Biz buni bilardik. Tasdiqlash ortiqcha», — dedi bunga javoban RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
- Xersonda Rossiya qo‘shini knyaz Potyomkin dafn etilgan Yekaterinin soborini o‘qqa tutdi. Sakkiz kishi yaralangan, ular orasida — Norvegiyadan kelgan ko‘ngilli ham bor.
- RF Iqtisodiy rivojlanish vazirligi xodimlari Moskva-Sitiga qilingan dronlar hujumidan keyin sentabr oyiga qadar masofadan ishlash uchun yuborilgan. Vazirlik ofisi «IQ-kvartal» osmono‘par binosida joylashgan, bu binoga 30 iyul va 1 avgust kunlari ukrainlar droni kelib urildi.
- O‘z do‘koni fasadiga urushga qarshi shiorlar va Ukraina shaharlari nomlarini yozib qo‘ygan aktivist Dmitriy Skurixin RF armiyasini takroran «obro‘sizlantirish» ishi bo‘yicha bir yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
Izmayil shahri o‘qqa tutilishi oqibatlari
2 avgustga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini dronlar bilan Ukraina hududi bo‘ylab zarbalar berdi. Hujumga uchragan shaharlar qatorida Odessa oblasti janubidagi Izmayil shahri ham bor. Bu yerda daryo porti joylashgan — dronlar Ukrainaning butun Dunay bo‘ylab asosiy yuk tashuvchisi bo‘lgan Dunay kemachilik kompaniyasi infratuzilmasiga shikast yetkazgan. «RBK-Ukraina» nashri yozishicha, jami 40 ming tonnaga yaqin g‘alla nobud qilingan.
Bundan tashqari, hujum vaqtida Rossiya dronlari Ruminiya hududiga ham uchib kirgan (Izmayildan chegaragacha — taxminan 330 kilometr). Ruminlarning chegara hududidagi Chetalkioi qishlog‘i aholisi o‘z uylari ustida uchayotgan dronlarni ko‘rishgani haqida xabar berishgan — ularning so‘zlariga ko‘ra, ulardan biri o‘rmonga qulagan, ammo Ruminiya tergov-operativ guruhi uni topa olmagan. Ruminiya mudofaa vazirligi «ayni vaqtda mamlakat hududi yoki hududiy suvlariga Rossiya tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid yo‘qligi»ni ma’lum qilgan. Kreml va Rossiya mudofaa vazirligi hodisa yuzasidan izoh bermagan.
Urushning bir yarim yilidan keyin Donetsk oblastidagi vayrongarchiliklar
Lviv oblastidagi koloniyada saqlanayotgan rossiyalik harbiy asirlar
Mavzuga oid
17:58 / 11.11.2024
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
09:00 / 11.11.2024
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19 / 11.11.2024
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024