O‘zbekiston | 14:53 / 05.08.2023
36621
1 daqiqa o‘qiladi
Azon.uz sayti faoliyatini to‘xtatdi
Bu haqda loyiha asoschisi Mubashshir Ahmad ma’lum qildi.
Bugun, 5 avgust kuni erta tongda Azon.uz sayti va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari o‘chirilgani ma’lum bo‘ldi.
Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad o‘zining Facebook sahifasida loyihalar to‘xtalishining sabablari keyinroq ma’lum qilinishini bildirdi.
“Azon.uz barcha loyihalarini to‘xtatdi. Sabablari keyinroq, ma’qul topilsa ma’lum qilinadi”, deya xabar qoldirgan Mubashshir Ahmad.
Ma’lumot uchun, Azon.uz sayti diniy, ma’naviy hamda ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritib kelgan ommaviy axborot vositasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
00:17 / 22.02.2024
Mubashshir Ahmad Turkiyada ozodlikka chiqdi
15:16 / 09.01.2024
Mubashshir Ahmad Turkiyada qo‘lga olindi
00:41 / 03.07.2022
“Hissiyot kuchayganda, aql chekinadi” - Mubashshir Ahmad domla qoraqalpoq xalqini bosiqlikka chaqirdi
16:48 / 07.05.2021