Reuters: Rossiya budjetining uchdan bir qismi urushga sarflanyapti
Rossiya urushga dastlab mo‘ljallanganidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflamoqda. Davlat budjetining uchdan bir qismi shu maqsadlarga yo‘naltirilyapti, deya ta’kidlaydi Reuters hukumat hujjatiga tayanib.
2023 yilning birinchi olti oyida Rossiya harbiy ehtiyojlarga 5,59 trillion rubl sarfladi, bu barcha davlat xarajatlarining 37 foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Bu haqda 4 avgust, juma kuni Reuters Rossiya hukumatining hujjatiga tayanib yozgan. Rossiyaning ushbu davrdagi umumiy xarajatlari, ma’lumotlarga ko‘ra, 14,97 trillion rublni tashkil etdi.
Dastlab mudofaa budjetiga 4,98 trillion rubl kiritilgan edi, deya qayd etadi Reuters. Shu tariqa, 2023 yilning birinchi olti oyida Rossiya urushga yil davomida rejalashtirilganidan 600 milliard ko‘p yoki 2023 yil uchun rejalashtirilgan barcha xarajatlarning taxminan 20 foizini sarfladi.
Hujjatda ham taqdim etilgan yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiya 2023 yilda urushga 9,7 trillion rubl sarflashni rejalashtirmoqda, bu umumiy yillik 29,05 trillion rublning uchdan bir qismini tashkil etadi. Rossiya rasmiylari bu ma’lumotga hozircha izoh bermagan.
Mavzuga oid
08:50 / 21.09.2024
«Ochiq budjet» portalida «Mahalla budjeti» bo‘limi ishga tushdi
21:36 / 30.08.2024
Rossiyaga xorijliklarni biometrik ma’lumotlar asosida kiritish taklif etildi
20:36 / 30.08.2024
Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olmaydi - Kreml
16:39 / 30.08.2024