Misr tomonidan taqdim etilgan gepatitga qarshi dorining 12-partiyasi O‘zbekistonga yetkazildi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi dori vositasining o‘n ikkinchi partiyasini Sharm-al-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Umumiy 30 dona qutiga yuklangan 7,2 ming dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 20-21 fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi hamda ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Misr gepatit V va S viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgan va bu haqda vazir Xalid Abdug‘affor joriy yilning 21-30 may kunlari Jyeneva shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida ma’lum qildi.
Mavzuga oid
12:40 / 16.09.2024
Misrda xorijiy turistlar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
23:44 / 09.09.2024
Misrlik arxeolog Germaniyadan Nefertiti byustini qaytarishni talab qilmoqda
17:58 / 07.09.2024
Turkiya va Misrning yarashuvi: ular nega arazlashgan edi?
17:00 / 06.09.2024