Jamiyat | 21:04 / 07.08.2023
17716
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 3 tup daraxtni kesgan rahbar tabiatga 92 mln so‘m zarar yetkazdi 

Qurilish korxonasi 3 dona tut daraxtini tag qismidan kesib tashlagan.

Foto: Ekologiya vazirligi

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Navoiy shahrida o‘tkazilgan reydda qonunbuzarlik holati aniqlangan. 

Jumladan, «Tong» majmuasi hududida I.G.N. MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganida 3 dona tut daraxti tag qismidan kesib tashlangan. Oqibatda tabiatga 92 mln 400 ming so‘m zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Hozirda to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilib, tabiatga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilayotgani aytilmoqda. 

Mavzuga oid