Jahon | 14:30 / 09.08.2023
20622
5 daqiqa o‘qiladi

Donetsk o‘qqa tutilishi va Mariupol okkupatsiyasi. Urush suratlari

Ukrainada urushning 531-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya Bosh prokuraturasi va IIV rossiyaliklarni harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yishga majbur qilgan firibgarlik sxemasi haqida e’lon qildi.
  • Polsha Belarus bilan chegaraga qo‘shimcha harbiylar yubordi, rasmiylar bu hududga «Vagner» XHK yollanma jangchilari o‘rnasha boshlaganidan keyin chegarani mustahkamlashga qaror qilgan.
  • AQSh Ukrainaga Abrams tanklarining ilk partiyasini yuborishni ma’qulladi.
  • Pokrovsk o‘qqa tutilib, kamida yetti kishi halok bo‘lganining ertasiga Rossiya mudofaa vazirligi bu hududda Ukraina qo‘shinlari guruhining «oldingi boshqaruv punkti»ga zarba berilganini ma’lum qildi. Ukraina QK general Konashenkovning bu bayonotini yolg‘on deb atadi.
  • Ayrim z-blogerlar ukrainlarning bir necha o‘n jangchidan iborat bo‘linmasi Dnipro daryosining chap sohilidagi Kazachi Lagerga kirib kelgani haqida xabar berdi. U yerda aynan nimalar bo‘layotgani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q. Rossiyadagi manbalar ushbu aholi yashash manzili Rossiya armiyasi nazoratida ekanini, ammo ukrain harbiylari chindan ham daryoning bu sohilida bo‘lib turganini aytmoqda; ukrain manbalari esa bu haqda hech narsa demayapti.
  • Belgiya va Germaniyadagi nashrlar nemislarning Rheinmetall harbiy-sanoat konserni Belgiya firmasidan Leopard-1 rusumli 50 dona eski tankni sotib olib, ulardan taxminan 30 ta jangga yaroqli tank tayyorlab, qaytadan jihozlab, Ukrainaga yuborayotgani haqida xabar berdi.

Ukraina QK artilleriya pozitsiyasini pana qilib turgan pulemyotchi

Ukraina QK artilleriyachilari «Grad»tizimidan Rossiya qo‘shinlarining Baxmut atrofidagi okoplariga zarba berayotgan mahalda ukrainalik jangchi pulemyoti bilan ularni himoya qilmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblastidagi ukrain tankchilari 

Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinida turgan ukrainalik tankchi
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainalik jangchilar tankni front yaqinidagi o‘rmonzorda bekitmoqda
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Quroldoshlari transheyani mustahkamlayotgan mahalda ular uchun qahva qaynatayotgan ukrainalik askar
Ignacio Marin / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Pokrovsk o‘qqa tutilishi oqibatlari 

Donetsk oblastining Pokrovsk shahridagi turar joylardan biri 7 avgust kuni kechqurun rossiyaliklar zarbasiga uchradi
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovsk aholisi vakillari rossiyaliklar raketasi kelib tushgan binolardan birining yaqinida. Hujum vaqtida ko‘p qavatli turar joy binosi, mehmonxona, do‘konlar va ma’muriy binolar shikastlangan. Jami to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 82 kishi yaralangan.
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Pokrovskda yashovchi 72 yoshli Lidiya otishma vaqtida shikastlangan kvartirasida
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ercin Erturk / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk o‘qqa tutilishi

Okkupatsiya ostidagi hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina QK 8 avgust kuni davomida Donetskka 95 bor zarba bergan — tinch aholi vakillaridan uch kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralangan, ulardan biri 2012 yilda tug‘ilgan boladir. 24 ta uy va 10 ta fuqarolik infratuzilma obektlari zararlangan. VGTRK «harbiy muxbiri» Andrey Rudenkoning yozishicha, «Rossiya 24» telekanali tasvirga olish guruhi ham zarba ostida qolgan —hech kim jabrlanmagan. Ukraina tomoni bu zarbalar yuzasidan munosabat bildirmadi.

Donetskda halok bo‘lganlardan birining onasi
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetskda yashovchi 49 yoshli Olga Paramonova ukrainlar hujumidan keyin o‘z onasi Natalya va qo‘shnisi Yekaterina bilan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Frontning turli chekkalaridan suratlar

Mariupoldagi zavodga kirishda o‘rnatilgan nazorat-o‘tkazish punkti 

Ilich nomidagi Mariupol metallurgiya kombinatiga kirish joyi. Darvoza tepasida — Ramzan Qodirov, Vladimir Putin va anneksiya qilingan «DXR» rahbari Denis Pushilinning portretlari aks etgan banner

Mavzuga oid