Jahon | 15:59 / 10.08.2023
15936
7 daqiqa o‘qiladi

Frontda dron ovlayotgan jangchilar va to‘xtovsiz o‘qqa tutilayotgan Donetsk. Urush suratlari

Ukrainada urushning 532-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Moskva meri Sergey Sobyanin 9 avgust kuni Moskvaga kirishda ikki jangovar dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
  • Sergiyev Posadda Zagorskiy optika-mexanika zavodi yaqinida kuchli portlash ro‘y berdi. Favqulodda xizmatlar portlashga dron zarbasi sabab bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etgan. 60 kishi yaralangan, bir kishi halok bo‘lgan, 12 kishi bedarak ketgan.
  • Belgorod oblastidagi Gorkovskiy posyolkasi o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.
  • Rossiya qo‘shini Zaporijjya bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Uch kishi halok bo‘lgan.
  • Putin Rossiyada harbiy holat joriy etilishi va bekor qilinishi haqida Yevropa Kengashini xabardor etmaslik bo‘yicha taklif berdi.
  • Erdo‘g‘an g‘alla bitimini «kengaytirilgan miqyosda» davom ettirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
  • AQSh boshqa mamlakatlarga ukrain pilotlarini F-16 qiruvchilarini boshqarishga o‘rgatishga ruxsat berdi.
  • Moskva birjasida yevro kursi 107 rubldan oshdi. Dollar kursi 98 rublga yetgan.
  • Rossiya FXX anneksiya qilingan Qrimdagi gaz quvurini portlatishni rejalashtirgan rossiyalik qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Moskva oblastidagi harbiy zavodda portlash

9 avgust tongida Moskva yaqinidagi Sergiyev Posad shahrida, Zagorskiy optika-mexanika zavodiga tutash hududda portlash ro‘y berdi. 60 kishi jarohat olgan, bir ayol shifoxonada jon bergan, 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Zavod atrofida joylashgan 20 ta ko‘p kvartirali uylarda portlash to‘lqini deraza oynalarini sindirib yuborgan.

TASS favqulodda xizmatlarga tayanib xabar berishicha, zavoddagi binolardan birini ijaraga olgan «Piro-Ross» kompaniyasining pirotexnika mahsulotlari portlagan. Favqulodda xizmatlar hodisaga dron zarbasi emas, balki «texnologik jarayonlar buzilishi» va «inson omili» sabab bo‘lganini qayd etgan. Shu bilan birga voqea joyida 122 millimetr kalibrli snaryadlar korpusiga o‘xshash predmetlar ko‘zga tashlangan. 

«Agenstvo» nashri xabar berishicha, Zagorskiy optika-mexanika zavodi yangi avloddagi bombardimonchi samolyot ishlab chiqilishida ishtirok etmoqda. Moskva oblasti gubernatori Adrey Vorobev zayavil, zavodning optikaga aloqasi yo‘qligi va u yerda anchadan buyon pirotexnika ishlab chiqarilishini aytgan. Tergov qo‘mitasi sanoat xavfsizligi talablarini buzish moddasi bilan jinoyat ishi ochgan. «Piro-Ross» kompaniyasida tintuv o‘tkazilgan, texnik direktor qo‘lga olingan.

Sergiyev Posaddagi Zagorskiy optika-mexanika zavodi hududidagi portlashdan ko‘tarilgan tutun
Zagorskiy optika-mexanika zavodiga kirish joyida ko‘cha supurayotgan kishi
Reuters / Scanpix / LETA
Sergiyev Posaddagi portlash ro‘y bergan joyda shikastlangan binoning ko‘rinishi
Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi

Anneksiya qilingan «DXR»ga Kreml tomonidan tayinlangan rahbar Denis Pushilin 9 avgust kuni Ukraina QK Donetskni o‘qqa tutgani haqida xabar berdi — uning ma’lumotlariga ko‘ra, Donetskning snaryad kelib tushgan Petrovsk rayonida to‘rt yoshli qizcha halok bo‘lib, yana to‘rt kishi yaralangan. Pushilinning so‘zlariga ko‘ra, 9 avgust kuni tongdan Donetsk shahrining Kiyev, Kirov va Petrovsk rayonlari hamda Horlivka shahri artilleriya zarbalari ostida qolgan. Jami oltita turar joy binosi va maktab binosi shikastlangan.

8 avgust kuni kechqurun «DXR» rahbari Donetsk «Ukrainaning qurollangan tuzilmalari tomonidan» intensiv ravishda o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi halok bo‘lganini xabar qilgandi. Pushilinning baholashicha, 8 avgust kuni shaharning Kiyev, Voroshilov va Kuybyshev rayonlarida zarbalar oqibatida 11 kishi yaralangan, ulardan biri 2012 yilda tug‘ilgan bola bo‘lgan. Bundan tashqari, Kiyev rayonida snaryadlardan biri avtomobil ustiga tushgan. Haydovchi va ikki kishi yaralangan. Ukraina tomoni bu bayonotlar yuzasidan izoh bermayapti.

Donetsk aholisi vakillari uy vayronalari ostidan o‘z buyumlarini qidirmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan ayol va bola jasadi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina QK askarlari kuzatuv punktida osmondan dron qidirmoqda

Donetsk oblastining shahar tipidagi Nyu-York nomli posyolkasi ustida qora tutun. Urushga qadar bu yerda 10 mingga yaqin kishi yashagan, hozirga kelib mingga yaqin kishi qolgan. Shahar muntazam ravishda Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutiladi.
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning «Rava» chaqiruv belgili askari Nyu-York posyolkasi atrofidagi oldingi pozitsiyaga yo‘l olmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Nyu-York posyolkasi atrofidagi oldingi chiziqda navbatchilik qilayotgan qirol Danil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada havo hujumidan mudofaa kuchlari pozitsiyasi.
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Qirol Danil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada jangchilari havo hujumidan mudofaa kuchlarining Nyu-York atrofidagi pozitsiyasida osmonni kuzatmoqda
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Qirol Danil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigada havo hujumidan mudofaa kuchlarining Konstantinovkadagi pozitsiyasi o‘qqa tutilishi vaqtida yashirinayotgan ukrain askari
Wojciech Grzedzinski / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid