“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi
Toshkent shahar sudida 65 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud jarayonlari boshlandi. Ish doirasida jami 21 kishiga ayblov e’lon qilingan.
O‘zbekistonda “O‘lim siropi”, ya’ni “Dok-1 Maks” dori vositasini iste’mol qilish oqibatida 65 nafar bola halok bo‘lgani xabar qilingandi. 11 avgust kuni mazkur dori bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha Toshkent shahar sudida ochiq sud jarayoni boshlandi.
Ish doirasida jami 21 kishi, jumladan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari, Hindiston fuqarosi, “Quramax Medikal” MChJ direktori hamda boshqalarga ayblov e’lon qilingan. Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.
Sudda ayblanuvchilar va advokatlarning iltimosiga ko‘ra, ayblov xulosalari, jinoyat ishi materiallari bilan tanishish imkonini berish maqsadida tanaffus e’lon qilindi.
Sud jarayoni 16 avgustda davom ettiriladi.
Mavzuga oid
19:55 / 19.09.2024
«Sudya mustaqilligini ta’minlash uchun o‘z ustida ishlashi kerak» - Sudyalar oliy kengashi
16:25 / 19.09.2024
«Sudga ijtimoiy bosimning oldini olish uchun jarayon yopiq o‘tkazilyapti» – Sudyalar oliy kengashi Aziz Voitov ishi haqida
19:51 / 12.09.2024
Merey Omonboyevaning ishi sudga chiqdi
15:31 / 12.09.2024