O‘zbekiston | 07:30 / 11.08.2023
1672
1 daqiqa o‘qiladi

Jazoir elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoir elchisi Bumediyen Gennadni qabul qildi.

Foto: Dunyo

«O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlagan Jazoirning favqulodda va muxtor elchisi Bumediyen Gennad janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. - Biz janob Elchining O‘zbekiston-Jazoir o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilaymiz».

Bumediyen Gennad 2022 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston prezidentiga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirgan edi. U 2015-2022 yillarda Jazoirning Toshkentdagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qilgan Nosir Busherit o‘rnini egallagan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Bumediyen Gennad boshqa davlatga elchi etib tayinlangan.

Mavzuga oid