Rishton tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bahodir Xoliqov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Rishton tuman kengashining viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida bugun, 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Bahodir Rahmatullayevich Xoliqovni Rishton tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimig qarori Xalq deputatlari Rishton tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.
Bahodir Xoliqov shu paytgacha Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari edi.
Rishton tumaniga 2019 yil iyulidan buyon rahbarlik qilgan Suhfonjon Soliyev 2023 yil iyul oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishdan olingandi.
Mavzuga oid
21:18 / 08.09.2024
Otabek Umarov Osiyo Olimpiya Kengashining mintaqaviy vitse-prezidenti bo‘ldi
19:01 / 03.09.2024
Prezident yig‘ilishida ishdan olingan Mingbuloq tumani hokimi yangi lavozimga tayinlandi
15:52 / 27.08.2024
To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
12:30 / 18.08.2024