«Bavariya» Harri Keyn transferini e’lon qildi
Harri Keyn faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettiradi.
«Bavariya» klubi Harri Keyn jamoa futbolchisiga aylanganini e’lon qildi. Myunxen klubi va angliyalik 30 yoshli hujumchi o‘rtasida 4 yillik shartnoma imzolangan.
Nemis klubi Keyn transferi uchun «Tottenhem»ga 100 million yevro to‘laydi va yana 20 million bonus sifatida to‘lanishi mumkin.
Shu tariqa, 30 yoshli hujumchi ilk bor xorij chempionatida o‘ynab ko‘radi.
Insayder Florian Plettenbergga ko‘ra, Keyn «Bavariya» safida 12 avgust kuni Germaniya Superkubogi uchun «RB Leypsig» klubiga qarshi kechadigan o‘yindayoq maydonga tushishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Keyn 2022/23 yilgi mavsumda londonliklar safida 49 o‘yin o‘tkazib, 32 gol urgan va 5 golga uzatma bergandi. Uning klub bilan hozirgi shartnomasi keyingi yil yozigacha tuzilgandi.
Mavzuga oid
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
10:40 / 17.10.2024
Bavariyadagi shahar meri yangi ukrainalik qochqinlarni qabul qilmadi
11:22 / 03.10.2024