O‘zbekiston | 10:50 / 12.08.2023
7992
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

INFINIX va PUBG Mobile hamkorligida festival: ko‘ngilochar dasturlar va innovatsiya bitta Note 30’da jam

Infinix xalqaro texnologiya kompaniyasi O‘zbekistonda zamonaviy texnologiya festivali boshlanganini e’lon qildi. Birinchi festival Toshkentdagi mashhur Magic City majmuasida bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Infinix brendiga tegishli monitorda kompaniyaning yangi modeldagi mahsulotlarini tanishtirish uchun roliklar va butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘ynalayotgan sovg‘a aksiyalari haqida ma’lumot berildi.

Festival davomida Infinix o‘zining yangi smartfoni – Note 30 va Note 30 Pro’ni  taqdim etdi, tadbirga kelgan har bir ishtirokchi shu yerning o‘zida nafaqat smartfonni sinab ko‘rishi, balki PUBG Mobile o‘yinini o‘ynab ko‘rib tajriba o‘tkazishi mumkin edi.

Infinix Mobility kompaniyasining MDH mamlakatlarida marketing bo‘yicha direktori Iroda Hasanova eksklyuziv smartfonlarning o‘ziga xosligi haqida gapirib berdi:

"Infinix o‘yin segmentidagi eng ilg‘or telefonlardan birini taqdim qiladi va buni zamonaviy texnologik bozorda qayd etadi. Biz yangi smartfonlar qatorining o‘ziga xosligi haqida juda ko‘p gapirishimiz mumkin, ammo hech narsa jonli aloqa o‘rnini bosa olmaydi.

Bugun mehmonlarimiz bizning yangi smartfonlarimiz bilan tanishishlari, havaskor o‘yinchilarning qizg‘in o‘yinlariga guvoh bo‘lishlari mumkin. Yangi smartfonlarimizdagi o‘ziga xos xususiyatlar tufayli butun dunyodagi kabi O‘zbekistondagi kibersport o‘yinlari muxlislari ham o‘zlari yoqtirgan o‘yinlardan bahramand bo‘lishlaridan juda mamnunmiz" - dedi u.

Bundan tashqari, brend ambassadori sifatida yangilikni sinab ko‘rgan taniqli insta-bloger Ozod Xurramov ham festivalda ishtirok etdi va o‘z taassurotlarini bo‘lishdi:

“Men yangi Note 30 seriyali smartfonlardan hayratdaman. Brend bilan yaqindan hamkorlik qilayotganimdan foydalanib, allaqachon telefon bilan yaqindan tanishib chiqdim. Bloger sifatida men uchun yaxshi kamera va undan ham ko‘proq esa xotira muhim, chunki men juda ko‘p video va fotosuratlar suratga olaman. Bundan tashqari, hayotim tezkor sur’atda bo‘lganligi sababli, kutishga vaqtim yo‘q. Agar telefonimda quvvat tugab o‘chsa, uni qayta to‘ldirish uchun kutishimga to‘g‘ri keladi. Menda esa bunga vaqt yo‘q. Aynan shuning uchun ham tez quvvat oluvchi Infinix Note 30 seriyali smartfonlar men uchun hayratlanarli yangilik bo‘ldi” – dedi bloger.

Infinix Note 30 festivalning asosiy qahramoni bo‘ldi.Smartfonning asosiy xususiyatlaridan biri undagi 45W universal tez zaryadlanishi hisoblanadi. Shu bilan birga, Note 30 versiyasidagi barcha smartfonlar PD 3.0 tez zaryadlash xalqaro standartida ishlaydi.

Shuningdek, u teskari (qaytaruvchi) zaryadlash tizimi bilan jihozlangan - ya’ni Note 30’dan foydalangan holda boshqa gadjetlarni zaryadlash imkoniyati bor5000 milliamperli akkumulyator batareya quvvatini yo‘qotmasdan 1000 ta zaryadlash davriga mo‘ljallangan.

Note 30 ByPass tizimi bilan jihozlangan - yoqilganda, batareyani chetlab o‘tib, elektrga ulangan smartfon avtomatik ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, bu esa o‘yin davomida qurilmani haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi. Odatda, foydalanuvchi o‘yin o‘ynaganda va bir vaqtning o‘zida qurilmani zaryad qilish uchun ulaganda, batareya qizib ketadi. ByPass rejimida esa elektr quvvati to‘g‘ridan-to‘g‘ri smartfonga yetkazib beriladi, bu esa qizib ketishning oldini oladi va o‘yinni qulay rejimda davom ettirish imkonini beradi.

Foydalanuvchilar o‘yin o‘ynashidan yoki video tomosha qilishidan qat’iy nazar JBL va Hi-Res sertifikatiga ega audiokarnaylar va yorqin displey haqiqiy kino taassurotini taqdim etadi. Bundan tashqari, smartfonda TUV Rheinland Certification sertifikatiga ega bo‘lgan ko‘zni himoya qilish rejimi o‘rnatilgan bo‘lib, u ekrandan uzoq vaqt foydalanishda foydalanuvchilarning ko‘zlarini himoya qiladi.

Infinix Note 30 120 Gs yangilanish chastotasiga ega katta 6,78 dyuymli FHD+ displeyga ega bo‘lib, Infinix Smart Refresh va Magellan Engine texnologiyalaridan foydalangan holda yangilanish tezligini moslashtirib, kam quvvat sarflagan holda ekranning yanada silliq ishlashini ta’minlaydi. 

Note 30 modeli MediaTek Helio G99 chiplari asosida qurilgan va 6 nanometrli texnologiya yordamida ishlab chiqarilgan. Bu texnologik jarayon o‘zidan oldingi G96 ga nisbatan ish faoliyatini yaxshilash bilan birga ajoyib quvvat samaradorligini ta’minlaydi. Protsessor ajoyib mobil o‘yinlar va kundalik vazifalarni osonlik bilan bajaradi. G96 bilan solishtirganda: 12,49% tezkor protsessor, 9% kuchliroq grafik yadroga ega. Keyinchalik 16 Gb gacha kengaytirilishi mumkin bo‘lgan 8 Gb tezkor xotira, shuningdek, 256 Gb xotira bilan birgalikda foydalanuvchilar hamyonbop narxlarda ko‘p funksiyali smartfonga ega bo‘lishadi.

Note 30 64 megapikselli asosiy kameraga ega. Qurilma yorug‘lik va chiroq tushishi sharoitida tasvir sifatini yaxshilash uchun avtomatik rang tasniflash texnologiyasini ishga tushiradi. Note 30 seriyali smartfonlar kamerasi foydalanuvchiga bir vaqtning o‘zida ham old kameradan, ham orqa kameradan suratga olish imkonini beradi. Buning uchun smartfonda “ikkita video” rejimi o‘rnatilgan. Qurilmada olingan suratlarda Change Sky filtri orqali osmon rangini o‘zgartirish mumkin. “Ko‘cha suratchisi” rejimi esa ko‘cha fotografi bo‘lish san’atini o‘zlashtirishda yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, Infinix Note 30 Pro modeli O‘zbekistonda ham taqdim etilgan va ushbu seriyadagi “sheriklaridan” farqli o‘laroq 68 Vatt tezkor quvvat olishi bilan ajralib turadi. Sovg‘a sifatida 15 Vattlik simsiz quvvatlovchi, 108 megapikselli kamera, 120 Gs chastotali AMOLED ekran, 16 Gb operativ xotira, 256 Gb ROM, JBL’ga ega ovoz va boshqalarga ega bo‘lasiz.

Ilk festival muvaffaqiyatli o‘tdi va kelgusida ham bu davom etadi. Navbatdagi festival 12 avgust kuni soat 18:00 da Magic City ko‘ngilochar bog‘ida, 19 avgust kuni esa Central Park’da bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar  Instagram sahifamizda!

Mavzuga oid