O‘zbekiston | 07:51 / 15.08.2023
6536
1 daqiqa o‘qiladi

Alibaba Namanganda mintaqaviy markaz ochishni rejalashtirmoqda

Namangan viloyati hokimligida dunyoning yirik elektron-onlayn savdo platformasi Xitoyning Alibaba korporatsiyasi vitse-prezidenti Kris Chjou boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, viloyat rahbari bu hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli ekanini ta’kidlab, mahalliy hokimiyat tomonidan kerakli barcha ko‘mak berilishini ta’kidladi.

«Namangan uch respublikaning yetti viloyati joylashgan, 12 million aholi yashovchi vodiyning qulay nuqtasidadir. Malakali kadrlarimiz, zamonaviy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarimiz mavjud. IT Park ushbu loyihani amalga oshirish uchun qulay joy», - dedi Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov.

Alibaba korporatsiyasi vitse-prezidenti Kris Chjou Namanganga bejizga kelmaganini bildirdi. «Tekstil, sanoat, IT, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish uchun Namangan mintaqaviy markaz bo‘ladi», - dedi u.

Mavzuga oid