Xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi
O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi. U 2018 yil 1 yanvarda ishga tushirilgandi. O‘rniga masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etildi.
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarining uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli (yashil va qizil) tizim tugatildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Prezidentning “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 27 apreldagi farmoni bilan xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida «masofaviy bojxona nazorati» (maxsus ajratilgan joylarda vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali) tizimi joriy etildi.
Masofaviy bojxona nazorati - xalqaro aeroportlar orqali uchib ketayotgan yo‘lovchilarni maxsus ajratilgan joylarda xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda tanlab olish tamoyili asosida hamda masofaviy vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni ta’minlaydigan tizim.
Xalqaro aeroportlarining uchib ketish yo‘nalishida jismoniy shaxslarning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish va ularga bojxona qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berish uchun yo‘lovchilar harakatiga ta’sir qilmaydigan alohida bojxona rasmiylashtiruvi joyi tashkil etiladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi joyi davlat tilida, rus va ingliz tillarida «Bojxona», «Tamojnya» va «Customs» yozuvlari bo‘lgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston xalqaro aeroportlarining uchib ketish joyidagi masofaviy bojxona nazorati tizimiga qo‘yiladigan talablar belgilab olindi.
Mavzuga oid
19:37 / 19.12.2024
Xitoy sun’iy orolda dunyodagi eng yirik aeroportlardan birini quradi
13:24 / 16.12.2024
AQShdagi aeroport noma’lum dronlar tufayli yopildi
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
00:04 / 03.12.2024