O‘zbekiston | 13:06 / 16.08.2023
19831
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamshid Xo‘jayev bungacha Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlayotgandi.

Foto: Kun.uz

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. «Davlat boshqaruvi» telegram-kanali xabariga ko‘ra, Jamshid Xo‘jayev Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.

Jamshid Xo‘jayev 1987 yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishida tamomlagan. 

2017 yildan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi bo‘lgan, 2020 yildan Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

J.Xo‘jayev 2021 yil dekabrida Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

U 2015 va 2020 yillarda Navoiy viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan. 2017 yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.

  • 2020 yil mayidan buyon Navoiy viloyati hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Yashin Dushanov 2023 yil iyul oyi oxirida, prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishdan olingandi.

Mavzuga oid