Sport | 20:17 / 17.08.2023
47370
1 daqiqa o‘qiladi

«An Nasr» Masharipov bilan xayrlashganini e’lon qildi

«An Nasr» yarimhimoyachi Jaloliddin Masharipov bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qildi. 

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik 29 yoshli futbolchi 2021 yildan beri Saudiya klubida o‘ynayotgandi. U o‘tgan mavsumda klubi safida 16ta bahsda maydonga tushib, gol urmadi. 

Avvalroq Masharipov faoliyatini Turkiyaning «Trabzonspor» klubida davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, vingerga Saudiyaning o‘zidan ham takliflar bor.

Mavzuga oid