O‘zbekiston | 07:35 / 18.08.2023
2312
1 daqiqa o‘qiladi

Auditorlik tashkilotini reyestrga kiritish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Auditorlik tashkilotini auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Foto: Depositphotos

Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

So‘rovnoma to‘ldirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuboriladi.

Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reyestrga kiritadi yoki uni rad etadi. 

Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etadi:

ariza beruvchi tomonidan tegishli kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;
auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmasa. 

Davlat xizmati ko‘rsatilganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

Mavzuga oid