Jahon | 16:53 / 18.08.2023
16762
4 daqiqa o‘qiladi

Mariupoldagi ishchilar va Baxmut atrofidagi artilleriyachilar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 540-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 2025 yil yoziga qadar Rossiya Shahed tipidagi 6 mingta kamikadze dron ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar bergan The Washington Post.
  • Ukrainada harbiy holat va safarbarlik 15 noyabrga qadar uzaytirildi.
  • Ukraina milliy gvardiyasi «Azov» polk qayta tiklangani va frontga qaytgani haqida xabar berdi.
  • FT ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya Ukraina aviabazalari, uchish-qo‘nish yo‘laklari va uchuvchilarni tayyorlash markazlari bo‘ylab zarbalar intensivligini oshirgan.
  • RF mudofaa vazirligiga ko‘ra, 17 avgust kuni kechqurun ukrainlarning dengiz droni Qora dengiz floti kemasiga hujum qilishga uringan, ammo nishonga yetib kela olmagan va yo‘q qilingan.
  • Putinning Rossiya Markaziy banki rahbariyati bilan shoshilinch ravishda o‘tkazilgan majlisda rubl kursini qo‘llab-quvvatlash maqsadida biznes uchun valuta nazoratini hozircha kuchaytirmaslikka qaror qilindi.

Kun kadri. Xarkiv oblastidagi vayrongarchilik

Rossiya qo‘shinlari Xarkiv oblasti hududlariga havodan muntazam ravishda zarbalar yo‘llab kelmoqda. Xususan, 17 avgust tongida RF armiyasi Kupyansk rayonidagi Zaoskole oraliq temiryo‘l stansiyasini o‘qqa tutdi — oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning ma’lumotiga ko‘ra, bir ayol halok bo‘lgan, yana bir ayol jarohat olgan.

Zaoskoleda yashovchi 60 yoshli Tatyana Skripnikova qo‘shni uy xarobalari orasida. U rossiyaliklar zarbasi vaqtida yaralangan.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari

Ukrainalik harbiy Baxmut hududida 155-millimetr kalibrli M109 o‘ziyurar gaubitsasidan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images
Rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalariga M109 o‘ziyurar gaubitsasidan o‘t ochilishi
Roman Chop / Global Images Ukraine / Getty Images

Reabilitatsiya markazidagi ukrain askarlari

Frontdan qaytgan harbiylar Donetsk oblastidagi reabilitatsiya markazida qo‘shiq kuylashmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Narda va shashka o‘ynayotgan harbiylar
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchi pushtirang flamingoni puflamoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Okkupatsiya ostidagi Mariupol hayoti

 

Mariupolga kirish joyidagi belgi fonida suratga tushayotgan kishilar. Belgi 2022 yil iyul oyida, shahar to‘liq RF armiyasi nazoratiga o‘tganidan ko‘p vaqt o‘tmay Rossiya bayroqlari ranglarida qayta bo‘yalgan
AFP / Scanpix / LETA

«Azovstal» metallurgiya zavodining ko‘rinishi, bu joy Rossiya qo‘shini Mariupolni o‘rab olganida so‘nggi qarshilik o‘chog‘i bo‘lgandi
AFP / Scanpix / LETA
AFP / Scanpix / LETA
Mariupol uchun janglar vaqtida vayron bo‘lgan binoni rekonstruksiya qilish jarayoni
AFP / Scanpix / LETA
Mariupoldagi dramatik teatr. Rossiya qo‘shini unga 2022 yil 16 martida zarba yo‘llagandi. O‘sha vaqtda binoda mingga yaqin tinch aholi vakillari yashiringandi, ular orasida ayollar va bolalar bo‘lgan, teatr oldidagi binoda esa «Deti» yozuvi aks etgandi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha kuni 300 dan 600 nafargacha kishi halok bo‘lgan.
AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid