O‘zbekiston | 11:02 / 19.08.2023
3099
1 daqiqa o‘qiladi
Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik sohasida maxsus vakolatli organ etib belgilandi
Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Agentlik:
- sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
- normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
- qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga sohada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlar berildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Mavzuga oid
21:06 / 06.01.2025
300 dan ortiq yoshlarga xalqaro imtihonlarni topshirish xarajati vaqtida qaytarib berilmadi
13:27 / 14.12.2024
O‘zbekistonlik yoshlarning IELTS'dagi natijalari sezilarli yaxshilandi
18:19 / 07.12.2024
Yoshlarga Work & Travel dasturlari xarajatlari uchun ssuda ajratiladi
10:11 / 28.11.2024