Sport | 07:58 / 21.08.2023
11151
1 daqiqa o‘qiladi

Tennis. Jokovich Alkaras ustidan irodali g‘alabaga erishib, ATP Masters g‘olibiga aylandi

Tsinsinattida o‘tgan ATP Masters finalida jahonning ayni vaqtdagi eng kuchli ikki tennischilari - Karlos Alkaras va Novak Jokovich o‘zaro to‘qnash kelishdi. 

Foto: Katie Stratman / USA TODAY Spors

Dastlabki setni boy bergan tajribali serb iroda ko‘rsatib, qolgan setlarni tay-brekda yutib oldi va «Masters» turkumidagi 39-sovrinini qo‘lga kiritdi. 

Umuman esa Novakning titullari 95taga yetdi. Bu borada undan faqat ikki sobiq tennischi oldinda — Rojyer Federer (103) va Jimmi Konnors (109). 

Og‘ir finaldan so‘ng Alkaras yig‘ladi, Jokovich esa libosini yirtib yubordi. 

Tennischilar o‘rtasidagi o‘zaro hisob tenglashdi — 2:2. So‘nggi to‘qnashuv Uimbldon finaliga to‘g‘ri kelib, unda ispaniyalik raketka ustasi ustun kelgandi. 

ATP Masters 1000
Tsinsinatti, AQSh
13-20 avgust
Mukofot jamg‘armasi — 6 600 000 dollar
Ochiq kortlar (Hard) 
Final
Novak Jokovich (Serbiya) — Karlos Alkaras (Ispaniya) 5:7/7:6/7:6

Mavzuga oid