O‘zbekiston | 07:13 / 23.08.2023
14882
1 daqiqa o‘qiladi

1-kurs talabalaridan yotoqxona uchun elektron ariza qabul qilish boshlandi

Arizani DXM yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborish mumkin.

Foto: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «Talabalar turar joyi axborot tizimi»ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.

Endi 1-kurs talabalari davlat oliy ta’lim muassasalarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza yuborishi mumkin.

Mavzuga oid