Jahon | 14:34 / 23.08.2023
20568
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi harbiy shifokorlar va Zaporijjya oblastidagi harbiy kolonna. Urush suratlari

Ukrainada urushning 545-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yevgeniy Prigojinning iyun oyi oxiridagi isyonidan keyin ko‘rinish bermay qo‘ygan general Sergey Surovikin Rossiya havo-kosmik kuchlari qo‘mondonligidan chetlatilgan.
  • Keyinroq RIA Novosti agentligi manbasi general-polkovnik Viktor Afzalov Rossiya HKK qo‘mondoni vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganini xabar qildi, u bungacha havo-kosmik kuchlari bosh shtabi boshlig‘i edi. Afzalovning tayinlovi to‘g‘risida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
  • Tunda Moskva oblastida ikkita dron urib tushirilgan. Ulardan biri Krasnogorskdagi turar joyda portlashi oqibatida bino derazalari sinib ketgan, jabrlanganlar yo‘q.
  • Ukraina mudofaa vazirligi 47-brigada jangchilari Zaporijjya oblastining Rabotine qishlog‘iga kira boshlagani va mahalliy aholini evakuatsiya qilayotgani aks etgan videoni namoyish etdi. Rabotine Rossiya mudofaasining ushbu hududdagi birinchi liniyasi tayanch nuqtalaridan biri hisoblanadi.
  • Germaniya TIV rahbari Anna Berbok dronlarning Rossiya obektlariga zarbalari xalqaro huquqni buzish hisoblanmasligini aytdi.
  • Amerikalik strateglarning hisoblashicha, Ukraina qo‘shini bo‘lib yuborilmasligi, aksincha bir musht bo‘lib janubdagi asosiy yo‘nalishda zarba berishi darkor, deb yozadi New York Times amerikalik va boshqa g‘arblik rasmiy shaxslarga asoslangan holda.
  • Daniya sakkiz nafar ukrainalik uchuvchini F-16 qiruvchi samolyotlarida o‘qitishni boshladi. Daniya Ukrainaga 19 dona F-16 yetkazib berish majburiyatini olgan.
  • O‘tkazilgan so‘rovlarning ko‘rsatishicha, ukrainlarning mutlaq ko‘pchiligi urushni to‘xtatish evaziga hududlarning bir qismidan voz kechishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi deb hisoblaydi. So‘ralganlarning 5 foizdan kamroq qismi tinchlik uchun Rossiyaga yon berilishiga rozi bo‘lishini bildirgan.

Kun kadri. Okkupatsiyadan keyin tiklanayotgan Izyum

Izyum shahar kengashi binosida Ukraina bayrog‘i bilan qoplangan oynalar. Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastidagi bu shaharni 2022 yil 1 aprelida bosib olgandi. Sentyabr oyiga kelib Izyum yana Ukraina armiyasi nazoratiga qaytarilganida, shahar chetidagi o‘rmondan 445 kishi ko‘milgan ommaviy qabr aniqlandi. Rossiya okkupatsiyasi ostidagi yarim yil ichida Izyumda tinch aholi vakillaridan mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan. Shahar meriyasiga ko‘ra, bu yerdagi turar joy binolarining 90 foizidan ortig‘i vayron bo‘lgan.
Bram Janssen / AP / Scanpix / LETA

Baxmut yaqinidagi ukrain harbiy shifokorlari

Baxmut atrofidagi tibbiyot punktida shifokor qabuliga kirishda navbat kutayotgan Ukraina QK jangchilari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Yaralangan askarga yordam ko‘rsatayotgan ukrain harbiy shifokorlari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ruslarning Zaporijjya oblastidagi harbiy yuk mashinalari karvoni

2023 yil avgust oyi o‘rtalarida Ukraina qurolli kuchlarining mamlakat janubidagi qarshi hujumida hal qiluvchi bosqich boshlandi. Ukraina qo‘shini asosiy zarbani Zaporijjya oblastida, Orixivdan janubda, Tokmak shahri yo‘nalishida bermoqda. Bu Rossiya mudofaasida inqiroz holati keltirib chiqardi, holbuki RF armiyasi Ukraina janubidagi qarshi hujumni qaytarishga to‘qqiz oyga yaqin vaqt davomida tayyorlangandi.

RF qurolli kuchlari askarlari qo‘riqlayotgan harbiy yuk mashinalari karvoni

Okkupatsiya qilingan hududlarda Rossiya bayrog‘i kunidagi aksiyalar 

Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi Genichesk shahrida yashovchi ayol 22 avgust kuni ochilgan Rossiya bayrog‘i kuni munosabati bilan vatanparvarlik ruhidagi mural oldida - unda Yekaterina II va Pyotr I portretlari aks etgan. Rossiyalik harbiylar Genicheskni Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinning ilk kunida egallagan. 2022 yil 12 noyabrida, Xerson Ukraina QK nazoratiga qaytgach, hududning Moskva tomonidan tayinlangan harbiy-fuqarolik ma’muriyati Genicheskni Xerson oblastining okkupatsiya ostidagi qismining vaqtincha poytaxti deb e’lon qiladi.
Rossiyalik harbiylar Zaporijjya oblastining okkupatsiya ostidagi Melitopol shahrida trikolorni yoyishmoqda
Mahalliy aholi vakillari, rossiyaparast faollar va shaharning Kreml tomonidan tayinlangan ma’muriyati vakillari 100 metr uzunlikdagi trikolorni okkupatsiya ostidagi Mariupol markaziy maydonida ushlab turibdi.
AFP / Scanpix / LETA
Genicheskda harbiy politsiya xodimi blokpostda avtomobil haydovchilariga bayroq tarqatmoqda

Mavzuga oid