«Vikram» Oy sirtiga muvaffaqiyatli qo‘ndi: Hindiston Oyga apparat uchirgan to‘rtinchi davlatga aylandi
Hindiston Moskva, Vashington va Pekinning Oy triumviratini sindirdi: «Chandrayan-3» missiyasi eltgan «Vikram» qo‘nuvchi apparatini Yerning tabiiy yo‘ldoshiga muvaffaqiyatli qo‘ndirib, buni uddalagan to‘rtinchi davlatga aylandi.
«Chandrayan»dan bor-yo‘g‘i 100 km narida qo‘nishi lozim bo‘lgan va bir-ikki kun avval Oy sirtiga borib urilgan ruslarning «Luna-25» apparatidan farqli o‘laroq, hindlarning missiyasi imkoniyati avvaldan yuqori baholanayotgan edi.
Bir tomondan, hanuz Oyning janubiy qutbida hech kim apparatni muvaffaqiyatli qo‘ndira olmagan. Boshqa tomondan, qo‘nish hindlarning Oy orbitasida bo‘lib turgan «Chandrayan-2» apparati yordami bilan o‘tkazilgan. Bu esa qo‘nish parametrlaridan biri kutilmaganda sakrab ketsa, hisobiy trayektoriyaga zarur o‘zgartirishlarni kiritish imkonini bergan.
Oddiyroq qilib tushuntirganda so‘nggi onlarda kutilmaganda nimadir ro‘y bersa (odatda shunday bo‘ladi), olimlarda apparatni barqarorlashtirib, qo‘nishni davom ettirish imkoniyati bor edi.
Ma’lum qilinishicha, apparatlar o‘rtasida ikkitomonlama aloqa o‘rnatilgan. Oy orbitasida turgan birinchi «Chandrayan» allaqachon Oy sirtiga yo‘l olgan uchinchi apparatga «Welcome, buddy!» («Xush kelibsan, og‘ayni!») degan signalni jo‘natgan va xabar olingani haqida tasdiqni ham qabul qilgan.
Tarkibiga «Prag’yan» Oyda yuruvchi apparati ham qo‘shilgan qo‘nish missiyasining foydasiga bir necha omillar rol o‘ynamoqda.
Hindlarnikidan keyin uchirilgan va Oyga ulardan avvalroq yetib borishni maqsad qilgan ruslarning «Luna-25» missiyasidan farqli o‘laroq, «Chandrayan»da Oy orbitasini aylanib, tabiiy yo‘ldosh sirtida qo‘nish uchun maqbulroq joy topish uchun vaqt ko‘proq bo‘ldi.
Seshanba kuni ertalab, qo‘nishdan bir sutka avval Hindiston fan va texnologiyalar vazir Jyetendra Singh tezlashtirilgan video joylashtirdi va unda ikki daqiqadan sal ziyodroq vaqtda uchinchi «Chandrayan»ning tarkibiy qismlari qurilishlari tarixi namoyish etib berilgan.
Mavzuga oid
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024
Hindiston havoning ifloslanishi bilan bog‘liq cheklovlarni kuchaytirdi
21:54 / 12.12.2024