O‘zbekiston | 16:50 / 25.08.2023
7718
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshshahartransxizmat» yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ko‘plab avtobuslar navbatda turib qolayotganiga izoh berdi

Qayd qilinishicha, bunga ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yopilgani sabab bo‘lgan.

«Toshshahartransxizmat» AJ Toshkent shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida ko‘plab avtobuslar navbatda turgani aks etgan videolar bo‘yicha munosabat bildirdi.

Qayd qilinishicha, bunga ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yopilgani sabab bo‘lgan.

«Ayrim yoqilg‘i quyish shoxobchalari yopilgani sababli, «Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi avtobuslar tabiiy gaz quyish uchun boshqa yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yuborilgan. Bu esa yoqilg‘i quyish shoxobchalarida navbatlar paydo bo‘lishiga olib kelgan», deyiladi xabarda.

Ushbu muammoni hal etish maqsadida, Toshkent shahri hokimligida «Hududgazta’minot» AJ va «Toshshahartransxizmat» AJ ishtirokida tezkor ishchi guruh tuzilgan.

Shu bilan birga, poytaxtdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida avtobuslar uchun qo‘shimcha yoqilg‘i quyish stansiyalari ajratilgani va tabiiy gazda harakatlanadigan avtobuslarning uzluksiz ishlashi bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani aytilmoqda.

Avvalroq, Kun.uz ushbu muammoga bag‘ishlangan «Gazga navbatga turgan avtobuslar yoki jamoat transportiga «o‘zing uchun o‘l yetim» qabilidagi munosabat» nomli maqolani e’lon qilgan edi.

Mavzuga oid