Jahon | 11:35 / 26.08.2023
11491
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya Qur’onni yoqishni taqiqlamoqchi

Tegishli qonun loyihasi Daniya hukumati tomonidan parlamentga taqdim etiladi.

Foto: Shutterstock

Daniya hukumati jamoat joylarida Qur’on va boshqa diniy bitiklarni yoqishni taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim qilmoqchi. Bu haqda adliya vaziri Piter Hummelgord ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muqaddas kitoblarga xurujning yagona maqsadi - «nafrat uyg‘otish va nifoq urug‘ini ekish».

Taklif etilayotgan qonun loyihasi hozirda mamlakatlarning davlat bayroqlarini yoqishni taqiqlovchi qonun bilan birlashtiriladi, dedi u.

«Qonun Qur’on va Injilni omma oldida yoqib yuborganlarni javobgarlikka tortishni nazarda tutadi. Ushbu qonun faqat jamoat joylarida yoki ommaga yoyish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlarga qaratilgan bo‘ladi», dedi vazir.

«Bu Daniya dunyoga yetkazmoqchi bo‘lgan muhim xabar», dedi Daniya tashqi ishlar vaziri Lyokke Rasmussen, o‘z navbatida, qonun loyihasini sharhlar ekan.

Qonun loyihasi parlamentga qachon taqdim etilishi haqida ma’lumot yo‘q.

Avvalroq, Shvetsiya va Daniyaning bir qancha shaharlarida turli odamlar Qur’onni yoqib yuborish tadbirini o‘tkazishdi. Sud ularning bu harakatlarini «so‘z va fikr erkinligi» tufayli taqiqlashni istamadi. Shundan so‘ng, politsiya nazorati ostida bu tadbirlar o‘tkazildi. Qur’onning yoqib yuborilishi ko‘plab musulmon mamlakatlarida norozilik namoyishlariga, Iroq va Pokistonda esa ommaviy tartibsizliklarga olib keldi.

Mavzuga oid