O‘zbekiston | 22:59 / 28.08.2023
22945
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning UAZ kompaniyasi O‘zbekistonda avtomobil yig‘ishni boshlashi mumkin 

Kompaniya vakillari «Chirchiq» texnoparkida muzokara o‘tkazgan. 

Foto: UAZ

Rossiyaning «Ulyanovsk avtomobil zavodi» (UAZ) «Chirchiq» texnoparkida barcha rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.  

Ish boshlanish sanasi hali e’lon qilinmadi. UAZ vakillari allaqachon O‘zbekistonga kelib, muzokaralar olib borgani va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgani aytilmoqda. 

Rivojlangan muhandislik infratuzilmasiga ega «Chirchiq» texnoparki 29 gektar maydonda joylashgan. U xorijiy va mahalliy kompaniyalarning ishlab chiqarishini O‘zbekistonda mahalliylashtirishga mo‘ljallangan. 

«Ulyanovsk avtomobil zavodi» 1941 yilda tashkil etilgan bo‘lib, UAZ savdo markasi ostida yengil va yuk avtomobillari ishlab chiqaradi. 2000 yildan Sollers avtomobil konserni tarkibiga kiradi. 

Mavzuga oid